Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasida otishma yuz berdi
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida chorvaning noqonuniy o‘tlatilishi tufayli ikki tomon chegarachilari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi. Voqea Botken tumanining Mo‘ynoq qishlog‘ida yuz bergan.
Tojikiston tomondan bir chegarachi yaralangan. Qirg‘iziston tomonining ma'lum qilishicha, respublika chegarachilari Qirg‘iziston hududida chorvaning noqonuniy o‘tlatilishi oldini olishgan. Ta'kidlanishicha, Tojikistonning Vorux anklavi aholisi tomonidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgan. “Tojik tomonidan noma'lum shaxslar qirg‘iz chegarachilari tomon o‘q uza boshladi. Keyinroq soat 11:40larda Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasida kichik otishma yuz bergan”, deb ma'lum qilingan Qirg‘iziston davlat chegara xizmatida.
Tojikistonning ta'kidlashicha, ushbu voqea Qirg‘iziston tomonidan amalga oshirilgan ig‘vo bo‘lgan. Tojikiston versiyasiga ko‘ra, qirg‘iz cho‘ponlari Tojikiston hududiga kirib borib, Puli Oftobro‘ya qishlog‘i aholisi bilan mojaroga kirgan. “Qirg‘iziston tomoni bahsli hududlarda chegara chizig‘ini belgilovchi ikki tomonlama kelishuvlarga amal qilish o‘rniga, voqea joyiga chegarachilarning qo‘shimcha kuchlarini jo‘natgan. Ular esa Puli Oftobro‘yaning qurolsiz aholisi tomon o‘q uzgan”, deb ma'lum qilingan o‘z navbatida Tojikiston davlat chegara xizmatida. Mojaro davomida 2001 yilda tug‘ilgan tojikistonlik chegarachi oyog‘idan jarohat olgan.
Ikki qo‘shni davlat chegarasida mahalliy aholi va ikki tomon chegarachilari o‘rtasida vaqti-vaqti bilan nizoli vaziyatlar yuz berib turadi. Buning asosiy sababi chegaraning ba'zi qismlari aniq belgilanmagani va chegara qayerdan o‘tishini tushunish qiyinligi hisoblanadi. Oxirgi shunday mojarolardan biri 8 may kuni yuz bergandi. O‘shanda Qirg‘iziston tomondan 3 harbiy, Tojikiston tomondan 2 kishi jarohat olgandi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonlik agronomlar Italiya ilmiy markazlarida amaliyot o‘taydi
O‘zbekiston | 09:48
-
Ekzitpol: Polsha saylovlarida konservator Navrotskiy yetakchilik qilmoqda
Jahon | 09:30
-
O‘zbekistonda 2030 yilgacha yashillik darajasi 30 foizga yetkaziladi
O‘zbekiston | 09:10
-
Zelenskiy Rossiya aerodromlariga hujumda qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi
Jahon | 08:51
Mavzuga oid

07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi

20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

20:07 / 20.05.2025