«Toshkent – Andijon» pullik avtomobil yo‘li loyihasi bo‘yicha tender o‘tkaziladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 may kuni transport sohasi masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda havo va temir yo‘l transporti sohalari qatorida avtotransportda xalqaro yuk tashuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga ham e'tibor qaratildi.
Prezident matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, so‘nggi uch yilda O‘zbekistonda xalqaro yuk tashuvchi transportlar soni 3 baravar oshgan, yuklarni tashishda mahalliy korxonalarning tashqi savdodagi ulushi 37 foizdan 48 foizga yetgan.
«Mahalliy tashuvchilarning qatnovlar sonini yanada oshirish, tashqi savdoda ularning ulushini 60 foizga yetkazish chora-tadbirlari belgilandi. Bitta yuk transporti besh nafargacha aholi bandligini ta'minlashi, bu tarmoqda 30 mingta yangi ish o‘rni yaratish mumkinligi ta'kidlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ichki yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarni yangilash, bunday korxonalarni barqaror moliyaviy resurs bilan ta'minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi», – deyiladi rasmiy press-relizda.
Xabar qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev ichki yo‘llar masalasiga alohida to‘xtalib, ularning holati yomonligi, odamlar bundan norozi ekanini aytgan.
«80 ming kilometr ichki yo‘llarni rekonstruksiya qilish, bu borada butun dunyoda qo‘llanib kelinayotgan «foydalanuvchi to‘laydi» tizimini joriy etish zarurligi ta'kidlandi.
«Qamchiq» dovonida muqobil tunnel qurilishini o‘z ichiga oluvchi «Toshkent-Andijon» pullik avtomobil yo‘li loyihasi bo‘yicha tender e'lon qilinishi belgilandi», deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.
Pullik yo‘llar
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 9 dekabrdagi prezident qarori bilan, 2020-2022 yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlarida pullik avtomobil yo‘llarini tashkil etish loyihalari yuzasidan «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan.
Unga asosan, Qamchiq va Taxtiqoracha dovonlarida yangi pullik tonnellar, «Toshkent – Samarqand» va «Toshkent – Andijon» yo‘nalishlarida hamda Sirdaryo – Baxt shaharlarini aylanib o‘tuvchi pullik avtomobil yo‘llari qurilishi belgilangan.
Qamchiq dovonida quriladigan tonnel loyihasi bo‘yicha tender g‘olibi bilan 2022 yil mart oyida, Taxtiqoracha tonneli tenderi g‘olibi bilan 2021 yil may oyida kelishuv imzolash rejalashtirilgan.
2021 yilning aprel-may oylarida «Toshkent – Samarqand» va «Toshkent – Andijon» yo‘nalishlaridagi hamda Sirdaryo – Baxt shaharlarini aylanib o‘tuvchi pullik avtomobil yo‘li qurilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Toshkent va Chimkent shaharlarini bog‘lovchi pulli yo‘l g‘oyasi ham o‘rtaga tashlangan edi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi
Jamiyat | 20:52
-
Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban tor doirada muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston | 20:47
-
Zelenskiyning Trampni og‘dirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV
Jahon | 20:43
-
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
O‘zbekiston | 20:42
Mavzuga oid

19:31 / 14.06.2023
Yil oxirigacha «Toshkent-Andijon» pulli avtomobil yo‘lini qurish ishlari boshlanadi

14:26 / 12.05.2023
«Tuya go‘shti yegan» pulli yo‘llar, abgor bo‘layotgan trassalar: o‘zbekistonliklar sifatli yo‘llarni qachon ko‘radi?

13:01 / 04.03.2023
“Kadrlar almashmaguncha yo‘llarimiz yaxshilanmaydi” – mustaqil tadqiqotchi

20:31 / 12.12.2021