Buxoro yana koronavirusli hududga aylandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 14 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2020 yil 27 may soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3369 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 7tasi Buxoro viloyatida aholi orasida (Shofirkon tumanidagi bitta oila a'zolari) aniqlangan. Mazkur holat ushbu viloyatga koronavirus infeksiyasi qaytganini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, Toshkent shahrida aholi orasida 5 kishida, Toshkent viloyatida 2 kishiga (1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, yana 1 nafari aholi orasidan aniqlangan) virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.
Buxoro viloyatida koronavirus mart oyi oxirida paydo bo‘lgan va jami 442ta zararlanish holati qayd etilgandi. 22 may kuni ushbu viloyatda aniqlangan so‘nggi bemor ham tuzalib, viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangandi. Ushbu viloyatda 9 maydan buyon yangi kasallanish holati qayd etilmayotgandi.
- Bugun jami 79ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 32 kishi kasallikdan sog‘aydi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2668 nafarga yetdi.
- Hozirda respublikaning 8 hududidagi shifoxonalarda 687 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, 3 nafari esa og‘ir ahvolda.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22
-
Tehron, Moskva va Rimdagi muzokaralar: Eron yadro dasturi bo‘yicha bitim asoslari chizilmoqda
Jahon | 23:00
-
Shimoliy Muz okeanidagi muzliklar maydoni tarixdagi minimal darajaga yetdi
Jahon | 22:55
-
21 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:55
Mavzuga oid

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021
Buxoro viloyati hokimi koronavirusga chalindi

23:49 / 02.07.2021
JSST Yevro-2020 sababli Yevropada koronavirusning yangi to‘lqini yuz berishi muqarrarligini aytdi

18:24 / 02.07.2021