O‘zbekiston | 12:46 / 31.05.2020
22185
1 daqiqa o‘qiladi

EPSILON (EDC): Talimarjon-12 yangi qudug‘idan kunlik 200 ming kub.m hajmda gaz oqimi olindi

Joriy yilning 31 may kuni Talimarjon-12 yangi qudug‘ini burg‘ulash chog‘ida, 3680 m chuqurlikda salmoqli gaz namoyon bo‘lishi qayd etildi.

Quduq sinovdan o‘tkazilgach, undan ochiq stvoldagi kunlik debiti 200 ming kub.m ga teng bo‘lgan gazning sanoat miqyosidagi oqimi olindi.

Quduqda jumladan, Multi-GRP usulini qo‘llagan holda gaz qazib olish hajmini ko‘paytirishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi. Ishlar natijasiga ko‘ra esa quduq kunlik debitining 400 ming kub.m gaz hajmigacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya talablari hamda ekologiya mezonlariga qat'iy amal qilingan holda olib borilmoqda.

Qazib olinayotgan uglevodorodlarning hammasi aholi ehtiyoji uchun mamlakat ichki bozoriga yuborilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев

Mavzuga oid