Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qayta tiklanuvchi energiya hajmi o‘sishi 20 yil ichida ilk marta pasayishi kutilmoqda
Dunyo miqyosida qayta tiklanuvchi energiyaning 2020 va 2021 yilgi o‘sish ko‘rsatkichi pandemiyadan oldin taxmin qilinganidan 10 foiz kamroq bo‘lishi prognoz qilinyapti.
Xalqaro energetika agentligi axborotiga tayanib, Reuters tarqatgan xabarga ko‘ra, pandemiya fonida bu yil qayta tiklanuvchi energiyaning o‘sish ko‘rsatkichi 20 yil ichida birinchi marta pasayishi kutilmoqda.
Taxminlar qilinishicha, kelasi yildan qayta tiklanuvchi energiya yana o‘sish ko‘rsatkichini qayd qiladi.
Ayni paytda dunyoda shamol turbinalari, quyosh panellari va boshqa qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaruvchi uskunalar o‘rnatilishi kamaygan. Chunki karantin cheklovlari sabab savdo va sanoat sektorida energiyaga bo‘lgan talab kamaydi, logistika bilan bog‘liq muammolar ham kuzatildi.
«Mamlakatlar yangi shamol turbinalari va quyosh panellari o‘rnatishyapti, faqat bu borada ishlar biroz sekinlik bilan qilinyapti. Pandemiya boshlanishidan oldinroq esa iqlim va energetika maqsadlariga erishish uchun qayta tiklanuvchi energiya iste'molini ko‘paytirish zarur edi», – deydi Xalqaro energetika agentligi ijrochi direktori Fotih Birol.
Agentlikning marketing hisobotiga ko‘ra, bu yil qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish quvvatlariga 167 gigavatt qo‘shiladi, bu – o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 13 foizga kam.
Biroq umumiy hisobda dunyodagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvati 2020 yilda oldingi yilga solishtirganda 6 foizga ko‘payishi kutilyapti.
2021 yildan boshlab ishlab chiqariladigan qayta tiklanuvchi energiya hajmi o‘sishi 2019 yildagi daraja qaytishi kutilmoqda. Hozirda ayrim kechiktirilgan loyihalar onlayn muzokaralarda ko‘rib chiqilyapti, hukumatlarning sohani qo‘llab-quvvatlashidan ham umid qilinyapti.
Umumiy hisobda, qayta tiklanuvchi energiyaning 2020 va 2021 yilgi o‘sish ko‘rsatkichi pandemiyadan oldin taxmin qilinganidan 10 foiz kamroq bo‘lishi kutilyapti.
Mavzuga oid
10:30
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
08:16 / 19.06.2026
Qaysi davlatlar energiyani iste’mol qilganidan ko‘proq ishlab chiqaradi?
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
21:33 / 25.04.2026