Özbekiston boş vaziri matbuot xizmati xabariga köra, forumda boş vazir Abdulla Aripov sözga çiqdi. 

Xitoy Özbekistonning eng yirik savdo va investitsiyaviy hamkori hisoblanişi, ötgan yilda tovar ayirboşlaş 14 milliard dollarga yetgani, yaqin istiqbolda uning hajmini 20 milliard dollarga yetkaziş uçun barça imkoniyatlar va eng muhimi birgalikda rivojlaniş uçun xohiş borligi ma’lum qilindi.

Oxirgi yillarda Xitoydan Özbekistonga jalb qilinayotgan töğridan töğri investitsiyalar hajmi beş barobar, qöşma korxonalar soni esa uç barobar oşdi. Qöşma loyihalar portfeli 53 milliard dollardan ziyodni taşkil etdi.

Ma’lum qilinganidek, oxirgi yillarda mamlakatda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar özlaştirildi. Xalqaro moliya institutlarining 14 milliard dollardan ortiq mablağlari ijtimoiy va infratuzilma sohalarini rivojlantirişga yönaltirildi. 2030 yilgaça “yaşil” energiya manbalarini 40 foizga yetkaziş borasida iş olib borilmoqda.

Qayd etilganidek, Özbekiston barça davlatlar bilan turli sohalarda aloqalarni kengaytiriş, jumladan, tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdordir.