1,9 mln dollar miqdoridagi mablağ pandemiyaga qarşi tezkor javob çoralarini köriş böyiça BMTTDning joriy dasturiga qöşimça bölib, uning kölamini kengaytirişga yordam beradi.
Rasmiy press-relizga köra, bu dastur umumiy qiymati 3 mln dollar bölgan asosiy mablağlar hisobiga boşlangan.
Ma'lum qilinişiça, Yaponiya hukumati taqdim etayotgan qöşimça mablağlar asosan hozirgi şaroitda ehtiyoj ortgan raqamlaştiriş, iş örinlarini yaratiş, innovatsion biznes-startaplar va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş işlariga yönaltiriladi.
Raqamlaştiriş. BMTTD pandemiya şaroitida davlat organlarining masofadan turib işlaşi va uzluksiz xizmat körsatişini ta'minlaşga kömaklaşmoqda.
Bunda mahallalarni raqamlaştiriş ham közda tutilgan. Dastur Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining faoliyatini töliq raqamlaştiriş uçun vazirlikning 9600ta bölinmasini elektron hujjat yuritiş tizimiga tajribaviy ötkaziş böyiça hukumat harakatlarini qöllab-quvvatlaydi.
Innovatsion biznes-startaplarni qöllab-quvvatlaş. Yaponiya hukumati tomonidan taqdim etilayotgan moliyalaştiriş mablağlaridan BMTTDning Özbekistondagi har yillik startaplar körik-tanlovini ötkaziş uçun ham foydalaniladi.
Tanlov doirasida yoşlar ijobiy ijtimoiy ta'sir körsatiş salohiyatiga ega biznes-ğoyalarni tarğib qilişga rağbatlantiriladi. 40 nafar yoş yigit-qiz «Start-up Challanges» taşabbusi doirasidagi körik-tanlov asosida saralab olingan ğoyalarini amalga oşiriş uçun boşlanğiç moliyalaştirişga ega böladi.
Iş örinlarini yaratiş. Bunda aholining eng köp zarar körgan guruhlariga e'tibor qaratiladi – olis qişloq hududlaridagi yoşlar, ayollar, kiçik korxonalar va qişloq xöjaligi kooperativlari.
Bunda asosiy e'tibor qisqa muddatli, tezkor natijalarni olişga qaratiladi, 990ta kiçik va örta korxonalarga onlayn tarzda maslahat beriş xizmatlari körsatiladi. Şuningdek, örta muddatli çora-tadbirlar ham amalga oşiriladi, şu jumladan 80ta kiçik va örta korxonalar uçun biznes maslahatlar beriş va yöl-yöriq körsatiş; olis tumanlardagi 240 nafar fermerlarga xizmat körsatuvçi 30ta kiçik korxona va oltita kooperativga moliyaviy kömak va uskunalar taqdim qilinadi.
Xotin-qizlarning iş joylaridagi va jamiyatdagi haq-huquqlarini kuçaytiriş va imkoniyatlarini kengaytiriş













