May oyida Özbekistonning 6 hududidan nosvoylar yoki tamakisiz çekiş mahsulotlaridan namuna olib, Yaponiyaning Kioto universiteti laboratoriyasida tekşiriş uçun olib borilgan. Tadqiqot natijalari haqida olim Jasur Jörayev Kun.uz muxbiriga gapirib berdi.

Jasur Jörayev 5 yildan beri Yaponiyada öqib, jamoat soğligini saqlaş böyiça ilmiy izlaniş qilib keladi. U 2010 yil Toşkent tibbiyot akademiyasining tibbiy profilaktika yönalişini va 2017-2019 yillarda Yaponiyaning Xirosima universiteti magistraturasida öqigan. 2023 yildan beri Soğliqni saqlaş vazirligi qoşidagi Salomatlik va strategik rivojlaniş instituti mutaxassislari bilan hamkorlikda işlab kelyapti.

Jörayev 2024 yilning may oyida Farğona, Toşkent, Jizzax, Samarqand, Qaşqadaryo viloyati va Toşkent şahridagi 25 dona (20-30 grammli) nosvoyni Kioto universiteti toksikologik laboratoriyasiga olib borgan. Nosvoylar inson va atrofga salbiy ta’sir qiluvçi 10 xil organik moddalar uçun tekşirilgan. Ulardan quyidagi turğun organik ifloslantiruvçi kimyoviy moddalar (pestitsidlar) topilgan: α-hexachlorocyclohexane, α-geksaxlorosiklogeksan, dieldrin, diyeldrin, toxphene-P26, toksafen- P26, endosulfan-2, endosulfan-2, hexachlorobenzene, geksaxlorobenzin.

“Bu moddalar nosvoyda qança miqdorda bölişi haqida hozirça me’yor belgilanmagan. Lekin tekşirganimizda özbek nosvoyida sigaretlardagi zaharli moddalar bir neça barobar köproq bölib çiqdi. Tadqiqot tugasa, tavsiyaviy me’yor belgilab, SSV orqali ma’lum qilamiz”, – dedi u.

Ma’lumot uçun, turğun organik ifloslantiruvçilar va pestitsidlar salomatlik va sayyora ekotizimlariga tahdid soluvçi xavfli kimyoviy moddalar hisoblanadi. Ular ösimlik zararkunandalari va kasalliklari, begona ötlar, şuningdek, yoğoç, paxta tolasi mahsulotlari, jun, teri zararkunandalari, uy hayvonlarining xavfli kasalliklar qözğatuvçilariga qarşi kuraşişda foydalaniladi. Bu organik moddalar yer va suvda uzoq vaqt saqlanib qoladi, atrof-muhitga keng tarqaladi, ular oziq-ovqat zanjiri orqali tirik organizmlarda töplanadi va odamlar uçun ham, yovvoyi tabiat uçun ham zaharli hisoblanadi.

Jörayevga köra, özbek nosvoylarida Stokgolm konvensiyasida keltirilgan turğun organik ifloslantiruvçi moddalar aniqlangan. Konvensiya röyxatidagi moddalar 3 toifaga bölingan: A, B va C organik moddalardir. Turiga qarab ularni işlab çiqariş va işlatiş çegaralangan yoki taqiqlangan.

Jörayev nosvoy iste’mol qiluvçilar nega uni nisbatan zararsiz deb öylaşini quyidagiça izohladi. “Nos uy şaroitida zararsiz tayyorlanadi va sigaret bilan taqqoslaganda tutun yöq, nikotin öpkagaça yetib bormaydi, tuflab taşlayman, içimga ketmaydi deb öylaşadi. Lekin har yili AQŞda 1300 ga yaqin kişi tutunsiz tamaki sabab oğiz saratoniga uçraydi”, – dedi u.