Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 avgustdan O‘zbekistonga xorijdan avtomashina olib kirish qanchaga arzonlashadi?
Chetdan olib kiriladigan yengil avtomobillar uchun aksiz solig‘ining bekor qilinishi import avtomobil narxini kamida 2400 dollar va undan ham ko‘proqqa arzonlashishiga sabab bo‘ladi.
Foto: Dreamstime
“Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 avgustdan boshlab 8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari), 8703 (yengil avtomobillar) va 8704 (yuk tashishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar bo‘yicha transport vositalarini olib kirishda amalda bo‘lgan aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi.
Autostrada saytining yozishicha, chetdan olib kiriladigan yengil avtomobillar uchun aksiz solig‘ining bekor qilinishi import avtomobil narxini kamida 2400 dollarga va undan ham ko‘proqqa arzonlashishiga sabab bo‘ladi.
Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun bojxona stavkalari
O‘zbekiston jismoniy shaxs-rezidentlari tomonidan yengil avtomobillar importiga boj to‘lovlari stavkalari. Boj bojxona qiymatidan foizlarda yoki dvigatel hajmining har bir kub santimetri uchun AQSh dollarida hisoblanadi.
Agar avtomobil erkin savdo hududi to‘g‘risida shartnoma imzolangan mamlakatda (Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va MDHdagi boshqa mamlakatlar) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, avtomobilning ishlab chiqarilganligi ST-1 sertifikati bilan tasdiqlangan bo‘lsa, boj to‘lovi olinmaydi.

O‘zbekistonga olib kiriladigan import avtomobillar uchun aksiz solig‘i
O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan yengil avtomobillar uchun aksiz solig‘i stavkalari.
Rossiya, Qozog‘iston yoki Ukrainada ishlab chiqarilgan va olib kirilgan avtomobillar uchun avtomobil qiymatining 2 foizi miqdorida imtiyozli aksiz solig‘i solinadi.
Benzin dvigatelli yangi avtomobillar uchun aksiz solig‘i stavkalari

Foydalanilgan import avtomobillar uchun aksiz solig‘i stavkalari

Prezident qarori bilan aksiz solig‘i bekor qilinmoqda. Boj to‘lovlari o‘zgarishsiz qoladi.
Ammo shuning o‘zi ham bojxona qiymatini kamida 2400 dollarga, balki undan ham ko‘proqqa arzonlashtiradi.
Ya'ni endilikda O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan yangi va foydalanilgan avtomobillarni olib kirish arzonroqqa tushadi.
E'tiborga olinadigan jihati shuki, 8703 TIF TN kodi bilan belgilangan transport vositalari toifasiga asosan yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan yengil avtomobillar va boshqa motorli transport vositalari (8702 tovar pozitsiyasidagi motorli transport vositalaridan tashqari), jumladan, Prezidentning PQ-3818-son qaroriga ilovada ko‘rsatilgan ayrim transport vositalaridan tashqari, yuk va yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan furgon-avtomobillar hamda poyga avtomobillari kiradi.
Tavsiya etamiz
Kavkaz «Barselona»si. «Qorabog‘» YeChLda tarix yozmoqda
Sport | 20:14 / 06.11.2025
Xitoyda talaba bo‘lish va yashash: buni qanday amalga oshirish mumkin?
Ta’lim | 17:38 / 06.11.2025
“Ona uchun yasalgan pechka” – migrantlikdan pechkachilikkacha
Jamiyat | 09:05 / 06.11.2025
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
Jahon | 19:21 / 05.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saudiya Arabistoni Hindiston va Xitoy uchun neftga chegirmalar e’lon qildi
Jahon | 23:30 / 07.11.2025
-
Migrantlar uchun imtiyozli sug‘urta va avtobuslarning yo‘nalish raqami ko‘rinmasligi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:59 / 07.11.2025
-
Istanbul Bosh prokuraturasi Netanyahuni genotsidda ayblab, hibsga olishga order berdi
Jahon | 22:49 / 07.11.2025
-
Toshkent metrosi bekatlarida kichik kutubxonalar tarmog‘i ochildi
Jamiyat | 22:20 / 07.11.2025
Mavzuga oid
17:07 / 26.11.2020
Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga yangi soliq stavkalari belgilanadi
21:59 / 03.06.2020
Ayrim transport vositalarini olib kirish uchun aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi
15:00 / 07.12.2019
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi yog‘och-qirindili plitalar importi bo‘yicha aksiz solig‘iga qarshi chiqdi
09:59 / 27.09.2019