Pandemiyada soliq tushumlari prognozi ortig‘i bilan bajarilgan
Koronavirus infeksiyasi tarqalishi tufayli iqtisodiyotda tushkunlik sezildi. Ammo ushbu davr uchun prognoz qilingan soliq tushumlari ortig‘i bilan bajarilgan.
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, joriy yil ikkinchi choragi uchun prognoz taxminan 21 trillion so‘mni tashkil etgandi.
«Birinchi chorakda 23,8 trillion so‘m soliqlar davlat budjetiga tushdi. Rejaga ko‘ra, tushumlar 23,3 trillion so‘m edi. Pandemiyaning salbiy ta'siri birinchi chorakda qattiq sezilmadi. Ammo ikkinchi chorakda katta xavfni kutgandik. Dastlabki hisoblarimizda, ikkinchi chorakda 6,8 trillion soliq tushumi kamayishi kutilgandi. Shunga muvofiq, tushumlar 18,2 trillion so‘m bo‘lishi kutilgan.

Shunga qaramay, davlat rahbari va hukumatning tezkor qaror qabul qilishi va samarali qarshi kurash choralarini qo‘llashi evaziga pandemiyaning salbiy oqibatlari ozroq yumshatildi. Buning hisobiga, prognoz etilgan soliq tushumi o‘rniga ikki oy yakuniga 14,2 trillion so‘m mablag‘ budjetga tushirdik», – deydi Mirzayev.
Uning ta'kidlashicha, pandemiyaning salbiy oqibatlari 3 trillion so‘mga kamayishiga erishilgan. YaIM o‘sish sur'ati esa yil boshida 5 foizdan yuqori bo‘lishi kutilayotgandi. Pandemiya tufayli bu ko‘rsatkich joriy yilda 1,8 foiz bo‘lish ehtimoli yuqori.
Mubin Mirzayev suhbat davomida soliq unifikatsiyasi, pandemiyada soliq yukining YaIMga ta'siri hamda tadbirkorlarga beriladigan imtiyozlar bo‘yicha fikrlarini aytdi. Shuningdek, u mahalliy hokimiyatning soliq to‘lovchiga sun'iy muammo paydo qilishi, quyi soliq organlarining noto‘g‘ri ishlashini tanqid qilib, vaziyatga baho bergan.
Intervyuni Youtube to‘liq formatda tomosha qilishingiz mumkin.
Alisher Ro‘zioxunov suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
Mavzuga oid

00:30 / 09.06.2025
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

23:21 / 15.05.2025