Qibrayda yiliga 1000 tonna oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona qurilmoqda
Toshkent viloyatining Qibray tumanida yiliga 1000 tonna oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona qurilmoqda. Loyiha qiymati 10 mln dollar bo‘lib, 100 foiz filippinlik investor tomonidan moliyalashtirilmoqda. Viloyat hokimi Rustam Xolmatov 4 iyun kuni korxona qurilishi bilan tanishdi.

“Mazkur qo‘shma korxonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya yo‘naltirilgan. Loyihaning xorijiy investori – Filippinning “LIWAYWAY LTD GROUP” korxonasi hisoblanadi. Korxona loyihasi Filippinda ishlab chiqilgan bo‘lib, u “Nilem Proekt Stroy” MChJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi shaharsozlik normalari va qoidalariga moslashtirilgan.
10 mln AQSh dollari miqdoridagi investitsiya evaziga bunyod etilayotgan loyiha uchun Qibray tumani hokimi qarori bilan 1,3 gektar yer ajratilgan, bu yerda 4700 kv.metr qurilish osti binolari hamda 2500 kv.m yangi binolar (ofis va yotoqxona) qurilishi rejalashtirilgan.
Korxona to‘liq quvvat bilan ishga tushganida 300 ta ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Birinchi bosqichda, ya'ni 2020 yilda 50 ta ish o‘rni yaratiladi”, deya Qibray tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Habibulla Sa'dullayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilishicha, korxonada yiliga 1000 tonna oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish mo‘ljallangan. Yiliga kamida 1 mln dollarlik mahsulot eksport qilishni rejalashtirgan korxona shu yilning sentyabrida faoliyat boshlashi kutilmoqda.
“Viloyat hokimi Rustam Xolmatovning topshirig‘iga binoan korxonani belgilangan muddatda ishga tushirishga ulgurish uchun ishlar ikki smenada tashkil etiladigan bo‘ldi. Qurilish karantin talablariga rioya qilgan holda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi qat'iy ta'kidlandi”, deydi Habibulla Sa'dullayev.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada «xazina» ko‘rsatilgan soxta xaritalar orqali odamlarni chuv tushirib kelgan firibgarlar ushlandi
Jahon | 00:37
-
Afg‘oniston hukumati salkam 2,5 ming mahbusni afv etdi
Jahon | 00:00
-
Qozog‘istondan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston | 22:46 / 30.03.2025
-
Zelenskiy saylovlarga tayyorgarlikni boshladi - The Economist
Jahon | 22:38 / 30.03.2025
Mavzuga oid

13:40 / 28.03.2025
Qibrayda 1 mlrd so‘mlik tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi

10:11 / 25.03.2025
Qibrayda Onix, Spark va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

09:37 / 12.03.2025
Qibrayda psixofaol dorilarni yashirib tarqatayotgan «zakladchik»lar ushlandi

11:43 / 13.02.2025