O‘zbekiston | 15:30 / 05.06.2020
15613
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Akay City nufuzli xalqaro mukofotning oltita nominatsiyasida g‘olib deb e'tirof etildi

Foto: Akay City

Joriy yil O‘zbekistonda ilk bor ko‘chmas mulk sohasidagi nufuzli xalqaro tadbir - International Property Awards mukofoti ta'sis etildi. International Property Awards ko‘chmas mulk sohasidagi nufuzli xalqaro mukofot hisoblanib, bu xalqaro muokofotga 25 yil avval Buyuk Britaniyada asos solingan. Keyinroq, muvaffaqiyatli natijalardan so‘ng, tanlov AQSh, Yevropa va Osiyoda ham ta'sis etila boshladi. Tanlovda turar-joy va tijoriy ko‘chmas mulk sohasida faoliyat olib borayotgan professional jismoniy hamda yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Mazkur tanlovning asosiy maqsadi – ilg‘or tajribani e'tirof etish va xalqaro standartlarni olg‘a surish.

Ushbu taqdimotda Akay City turar-joy majmuasi ham ishtirok etib,  birdaniga oltita nominatsiyalar –“Mixed-Used development”, “Apartment Development”, “Sustainable development”, “Residential Development”, “Residential High-Rise Development” hamda “Mixed-Used Architecture”ning g‘olibi, deb e'tirof etildi. Akay City loyihasining jahon miqyosidagi taqdimotda tan olinganligi – loyiha puxta va zamon talablariga to‘liq javob berishining isbotidir.

Akay Cityturar-joy majmuasi Turkiyaning taniqli qurilish kompaniyasi bo‘lgan “AKAY INSAAT”ning O‘zbekistondagi ilk yirik loyihasi sanaladi. Qurilish sohasida qariyb 35 yil davomida faoliyat olib borayotgan mazkur kompaniya ko‘plab yirik loyihalarning asoschisiga aylangan. Bularga Antaliyadagi 33 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadion, Oydin Nazili nomidagi davlat kasalxonasi, Anqaradagi Gazi universiteti, Akay Neris Residences TJM kabi qurilish loyihalarini misol keltirish mumkin.

Akay City— zamonaviy arxitektura, betakror shahar manzarasi hamda tabiiy landshaft uyg‘unligidagi markazdir.Poytaxt markazida qurilayotgan yangi loyiha o‘zining bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi.

Zamonaviy arxitektura

Akay City loyihasi O‘zbekistonda o‘xshashligi bo‘lmagan noyob loyihalardan biri sanaladi. Eng zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda qurilayotgan yangi binoda maksimal chidamlilik va tizimning mustahkamligiga katta e'tibor qaratilmoqda. Loyihaga ko‘ra, ikkita 25 qavatli va bitta 35 qavatli binolar qurilishi rejalashtirilgan. Turar-joy majmuasi xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlangan, uzoq muddatli ishlashni ta'minlovchi, ekologik toza, zamonaviy materiallardan qurilib, o‘zining hashamatli tashqi ko‘rinishi bilan ajablantiradi.

Innovatsion texnologiyalar

Loyiha rejasiga binoan turar-joy majmuasi hududida yer osti avtoturargohi qurilmoqda. Tashqarida video kuzatuv qo‘llanmalari o‘rnatilgan bo‘lib, aqlli uy tizimi va yong‘inga qarshi zamonaviy detektorlar ham mavjud.

Qulay joylashuv

Poytaxtning Markaziy bog‘i, Ekopark hamda boshqa madaniyat va istirohat bog‘lari majmuaga yaqin manzillarda joylashgan. Yaqin atrofda maktablar, bolalar bog‘chasi, sport majmualari, supermarketlar, do‘konlar, kafelar, institutlar, akademiyalar, tibbiyot muassasalari va Oloy bozori ham mavjud.

Shuningdek, ayni damda Akay City turar-joy majmuasidan xonadonlar xarid qilishni istagan mijozlarga 30 foizgacha bo‘lgan maxsus chegirmalar taklif etiladi. Bundan tashqari, majmuaning pastki qismidagi tijorat uchun mo‘ljallangan obektlarda siz muvaffaqiyatli biznesni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega bo‘lasiz.

Akay City – qulay hayotning yangi cho‘qqisi.

 

Manzil: Toshkent shahri, Qori Niyozov ko‘chasi,

Mo‘ljal: Xalq banki, Darxon.

Ish vaqti: 9:00dan 20:00gacha (Dam olish kunisiz)

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor dahasi, Integro SKM.

Ish vaqti: 9:00dan17:00gacha (Dam olish kunisiz)⠀⠀

Murojaat uchun telefonlar:

📞+99899 855-51-51

📞+99894 418-77-77

📞+99871 237-22-20

Telegram: t.me/akay_city
Instagram: www.instagram.com/akay_city

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid