O‘zbekiston | 15:00 / 06.06.2020
19019
4 daqiqa o‘qiladi

Xavfsiz nafas oling: Ecos N95 tibbiy niqoblari cizni va yaqinlaringizni kasalliklardan saqlaydi

Ecos kompaniyasi N95 tibbiy niqoblarini ishlab chiqaradi. Yaqinlaringizni kasalliklardan saqlab qolish imkoniyatini boy bermang.

Chuqur nafas oling. Har bir nafasingiz bilan organizmingizga millionlab ko‘zga ko‘rinmas zarralar sizib kiradi. Ularning ayrimlari mutlaq bezarar, ayrimlari esa sog‘lig‘ingizga zarar yetkazishi mumkin. N95 tibbiy niqoblari Sizni hatto eng mayda zarralardan ham himoya qilishi va sog‘lig‘ingizni saqlashi mumkin. Ushbu maqolani o‘qib bo‘lgach, siz nima uchun N95 niqoblaridan foydalanish ma'qulligini va nima uchun oddiy niqoblar viruslardan yetarli darajada saqlay olmasligini bilib olasiz.

N95 niqoblari

N95 tibbiy niqoblari butun dunyoda tan olingan va odam organizmini chang, zararli bakteriya va virus zarralari, hamda o‘zga mikroorganizmlardan saqlovchi eng yaxshi va ommabop himoya vositalaridan biri hisoblanadi. Ecos kompaniyasi niqoblari spanbond, igna urilgan poliester va filtrlovchi meltblaun kabi materiallardan tashkil topgan.

Spanbond – ekologik toza, tola hosil qiluvchi polimerlardan ishlab chiqariladi. U butunlay xavfsiz va sterillik lozim bo‘lgan barcha sohalarda keng ishlatiladi. Spanbond allergik reaksiyalarni keltirib chiqarmaydi, namlikni a'lo darajada o‘ziga singdiradi va odam tanasi uchun juda yoqimlidir. Bundan tashqari ushbu material o‘ta egiluvchan bo‘lib, harakatga umuman xalaqit bermaydi.

Filtrlovchi poliester materiali havoni qattiq zarralardan filtrlash uchun ishlatiladi. Ushbu material o‘ta chidamli va hattoki yuqori haroratlarga ham bardosh bera oladi.

Meltblaun filtrlash materiali mayda donali tolalardan tashkil topgan to‘r bo‘lib, eng mayda mikroskopik virus va bakteriyalarni ham ushlab qolishga qodir.

Ko‘p qatlamli niqob havoni 95% gacha tozalaydi va hattoki ≥0.3 mkm o‘lchamdagi zarralardan samarali himoya qiladi. Alohida aytish lozimki Ecos niqoblari ikki turda, ya'ni havo chiqarish klapani bilan, hamda havo chiqarish klapanisiz ishlab chiqariladi. Havo klapani o‘rnatilgan niqoblarning afzalligi shundaki, ular yengil nafas olishni ta'minlaydi va ishlatishda yanada ko‘proq qulaylik yaratadi.

Nima uchun oddiy niqoblar cizni viruslardan yetarli darajada saqlay olmaydi?

Ko‘plab viruslar havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Kasallangan inson yo‘talganda so‘lak bilan birgalikda virus zarralari ham ajralib chiqadi. Ushbu zarralarning o‘lchamlari shunchalik kichikki, oddiy niqoblarning g‘ovaklari orasidan bemalol o‘tib, nafas olish organlarigacha yetib borishi mumkin. Shu sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti oddiy niqoblarni faqatgina kasallanganlarga, kasallikni o‘zgalarga yuqtirmaslik uchungina taqishni maslahat beradi. O‘zingizni viruslardan samarali himoya qilish uchun N95 niqoblaridan foydalaning. Ecos kompaniyasi niqoblari bilan siz xavfsiz nafas olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. O‘zingizni va yaqinlaringizni sog‘lig‘ini saqlang.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun ecos.uz rasmiy saytiga tashrif buyuring.

Ishonch raqami: +99878 150 68 80

Ulgurji xaridlar uchun buyurtma berish: +99899 010 00 40

Reklama huquqi asosida