Yevropa va Yaponiyada irqchilikka qarshi ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tdi

7 iyunda Yaponiyada va Yevropaning bir nechta davlatlari, jumladan Ispaniya, Italiya, Belgiya, Shvetsiyada irqchilikka qarshi ko‘p ming kishilik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu namoyishlar AQShda politsiya tomonidan qo‘lga olinish vaqtida qora tanli Jorj Floyd halok bo‘lgani bilan bog‘liq holda o‘tkazilmoqda.
Ispaniyada eng yirik namoyish poytaxt Madridda o‘tgan. Bu yerda AQSh elchixonasi yonida bir necha o‘n ming kishi to‘plangan. Namoyishchilardan ko‘pida “Men bo‘g‘ilyapman” degan yozuvli plakatlar bo‘lgan. Floyd qo‘lga olinish vaqtida politsiyachilardan biri uning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turganda aynan shu so‘zlarni aytgan edi. Namoyishchilar Ispaniya hukumatini irqchilikka qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirishgan. Shuningdek, qirollikning boshqa shaharlari – Barselona, Lerid, Sevilya, Valensiya, Bilbaoda ham namoyishlar o‘tkazilgan.
Shuningdek, Italiyada ham ko‘p ming kishilik namoyishlar o‘tkazilgan. Jumladan, poytaxt Rim ko‘chalariga minglab kishilar chiqqan. Belgiyada Bryussel markazidagi adolat saroyi yaqinida minglab namoyishchilar to‘plangan. Hukumat namoyishchilar bilan pandemiya sharoitida hech qanday yurishlarsiz, bir joyda o‘tkaziladigan namoyish bo‘yicha kelishib olgan. Namoyishchilardan o‘zaro masofa saqlash so‘ralgan.
Shuningdek, Shvetsiyada navbatdagi namoyish bo‘lib o‘tdi. Gyoteborg ko‘chalariga 2 mingga yaqin kishi chiqqan. Avvalroq shunday namoyishlar Stokholm va Malmyoda bo‘lib o‘tgandi.
Yaponiyaning Osaka shahrida Black Lives Matter (Qora tanlilar hayoti muhim) qo‘llab-quvvatloviga osoyishta marsh o‘tgan. Unda 3 minggacha namoyishchi ishtirok etgan.
Xuddi shunday aksiyalar 6 iyunda Germaniya, Britaniya va Fransiyada bo‘lib o‘tgandi. Berlindagi namoyishlar vaqtida 30 ga yaqin politsiyachi jarohat olgan, 90 dan ko‘proq namoyishchi hibsga olingan. Londonda esa namoyishchilar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 20 ga yaqin politsiyachi jabrlangan.
Fransiyaning Marselida namoyishchilar politsiyachilarga qarata shisha idishlar va toshlar uloqtirishgan. Politsiya bunga javoban ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llagan. Parijdagi namoyishlar esa jiddiy hodisalarsiz o‘tgan.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi

13:38 / 17.05.2025
O‘zbekiston BMT Turizm Yevropa komissiyasi raisligiga nomzod bo‘ldi

11:21 / 16.05.2025
Tokioda O‘zbekistonning besh nafar fuqarosi qo‘lga olindi

23:08 / 06.05.2025