Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yangi prokuror tayinlandi
Taxiatosh tumani hokimi Farhod Allambergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi. .
8 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, vazirliklarning, idora va korxonalarning, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
«Farhod Embergenovich Allambergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlansin», deyiladi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qarorida.
Farhod Allambergenov 2017 yil avgustidan buyon Taxiatosh tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.
U yangi lavozimda 2018 yil noyabridan buyon Qoraqalpog‘iston prokurori bo‘lgan Xidir Karimov o‘rnini egalladi. U qaysi lavozimga o‘tkazilgani ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
12:17 / 13.07.2026
Urgutda prokuror o‘rinbosari qo‘lga olindi
13:57 / 12.07.2026
Issiq tufayli Qoraqalpog‘istondagi bog‘chalar vaqtincha yopiladi
08:49 / 02.07.2026
1,4 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan guruh fosh etildi
19:19 / 11.06.2026