Muallif dunyo böylab koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşiş uçun amalga oşirilayotgan çoralar natijasida yuzaga kelgan global inqiroz ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan davlatlarning kredit reytinglari yoki ular böyiça kutilmalarga salbiy ta'sir qilayotgani ta'kidlab ötgan. Undan keyingi bölimda Özbekistonning kredit reytingi barqarorligini ta'minlovçi içki va taşqi omillar haqida söz boradi.
Joriy yil 5 iyun kuni «S&P Global Ratings» xalqaro reyting agentligi Özbekistonning uzoq muddatli suveren kredit reytingini «BB-/V» darajasida tasdiqladi. Şu bilan birga, agentlik mamlakat suveren kredit reytingi böyiça kutilmasini «barqaror»dan «salbiy»ga qayta körib çiqdi.
Agentlikning salbiy kutilmasi Özbekistonning taşqi qarzi kutilganidan tezroq sur'atlarda ösayotgani, joriy yilda davlat tomonidan koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşiş, iqtisodiyotni modernizatsiya qiliş va investitsiya dasturlarini moliyalaştiriş uçun xalqaro moliya institutlaridan qarz jalb qilayotgani hamda joriy operatsiyalar hisobi defitsitining yuqori darajada kutilişi bilan izohlanadi.
S&P kutilmasining «barqaror»dan «salbiy»ga özgartirilişi nimani anglatadi?
Bu şuni anglatadiki, Özbekistonning kredit reytingi keyingi 6 oydan 2 yilgaça bölgan muddatda ikki ssenariyda (pasayiş yoki kötariliş) özgarişi mumkin:
1. Agar Özbekiston iqtisodiyoti keyingi ikki yilda uzoq davom etadigan iqtisodiy sekinlaşişga duç kelsa yoki tölov balansi joriy operatsiyalar hisobi kutilganidan köra yomonlaşsa, agentlik mamlakat kredit reytingini «BB-» darajadan «B+» darajaga pasaytirişi mumkin;
2. Agar qisqa va örta muddatli istiqbolda Özbekistonning global iqtisodiyotga integratsiyalaşuvining (Jahon savdo taşkilotiga a'zo bölib qöşilişi) tezlaşişi hamda davlat korxonalarining isloh qilinişi bilan iqtisodiyotimiz işlab çiqariş salohiyati va taşqi şoklarga bardoşliligi oşib, davlat taşqi qarzi ösiş sur'ati sekinlaşsa, agentlik respublikamiz kredit reytingi böyiça kutilmasini «barqaror» darajaga kötarişi mumkin.
Pandemiyada dunyo mamlakatlari suveren kredit reytinglaridagi özgarişlar
Koronavirus inqirozi kabi misli körilmagan inqirozlar insonlar hayoti va turmuş farovonligini saqlab qoliş uçun davlat xarajatlarining oşirilişini talab etadi. Şuning uçun butun dunyo mamlakatlari hukumatlari COVID-19 inqiroziga javoban iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş uçun bir neça rağbatlantiriş dasturlarini e'lon qilişdi. Mazkur rağbatlantiriş dasturlarini moliyalaştiriş ham rivojlangan ham rivojlanayotgan davlatlar taşqi qarzi ösiş sur'atlarining tezlaşişiga olib keldi. Ustiga ustak, joriy yilda ayrim davlatlarda iqtisodiy ösişning sekinlaşişi kutilayotgan bölsa, boşqa mamlakatlarning iqtisodiy ösiş körsatkiçlari manfiy raqamlarda aks etişi mumkin.
Mazkur omillarni hisobga olib xalqaro reyting agentliklari davlatlarning suveren kredit reytinglarini yoki ular böyiça kutilmalarini qayta körib çiqmoqda. Masalan, «S&P Global Ratings» xalqaro reyting agentligi 2020 yil boşidan hozirga qadar 50ga yaqin mamlakatning kredit reytinglari yoki kutilmalarini salbiy tomonga özgartirdi.
Xususan, joriy yilning 8 aprel kuni «S&P» agentiligi Avstraliyaning uzoq muddatli reytingini «AAA» darajada, qisqa muddatli reytingini «A-1+» darajada özgarişsiz saqlab qolgan bölsada, uzoq muddatli reytinglari böyiça kutilmasini «barqaror»dan «salbiy»ga özgartirdi. Avstraliyaning kuçli institutsional şaroitlari, boy iqtisodiyoti va pul-kredit siyosatining moslaşuvçanligi mamlakat kredit reytingiga ijobiy ta'sir qilganiga qaramasdan, davlat taşqi qarzi va uy xöjaliklari qarzdorligining yuqoriligi, şuningdek, jahon bozorida xomaşyo narxlarining tuşib ketişi va Avstraliya eksportiga talabning sezilarli darajada kamayişi «S&P» agentligi tomonidan mamlakat kredit reytingi böyiça kutilmalarni salbiy tomonga özgartirilişiga sabab böldi.
6 aprel kuni esa «S&P» Braziliyaning uzoq va qisqa muddatli suveren kredit reytingini «VV-/V» darajada tasdiqlagan bölsada, COVID-19 bilan boğliq noaniqlarning ortişi natijasida mamlakatning uzoq muddatli reytinglari böyiça kutilmasini bir poğona – «ijobiy»dan «barqaror»ga özgartirdi.
Şuningdek, 17 aprel kuni «S&P Global ratings» Indoneziyaning kredit reytingi böyiça kutilmasini «barqaror»dan «salbiy»ga tuşirdi va uşbu qarorini koronavirus tarqalişiga qarşi davlat xarajatlarining köpayişi bilan boğliq bölgan moliyaviy xatarlarning oşişi bilan izohladi.
Şu bilan birga, «S&P agentligi» Nigeriya oltin-valuta zaxirasi hajmi 2019 yil örtalaridagi 45 mlrd. dollardan 2019 yil oxirida
38 mlrd. dollarga va 2020 yil fevral oyida 36,5 mlrd. dollarga kamaygandan keyin mamlakat kredit reytingi böyiça kutilmasini «barqaror»dan «salbiy»ga özgartirgan edi.
Özbekiston suveren kredit reytingi barqarorligini ta'minlovçi içki va taşqi omillar
Joriy yilda va undan keyingi yillarda respublika kredit reytingi barqarorligini ta'minlovçi omillardan biri – tölov balansi joriy operatsiyalar hisobining yaxşilanişidir.
2020 yil 1 çorakda joriy operatsiyalar hisobi defitsiti ötgan yilning mos çoragiga nisbatan 18 foizga (191 mln. doll.) kamayib,
864 mln. dollarni taşkil etdi.
2020 yil I çorak uçun tölov balansi joriy operatsiyalar hisobining dastlabki körsatkiçlari*

Izoh: *ma'lumotlar tölov balansi va xalqaro investitsion pozitsiya böyiça qöllanma (TBQ6) uslubiyatiga muvofiq tuzilgan bölib, Davlat statistika qömitasining savdo balansi körsatkiçlaridan farq qilişi mumkin.
Mazkur davrda koronavirus inqirozi tufayli tabiiy gaz eksporti va turizmdan tuşumlar kamayişi bilan bir qatorda import hajmi ham sezilarli darajada kamaydi. Bundan taşqari, jahon bozorida oltin narxining oşib borayotgani eksportdagi yöqotişlar örnini qoplaşi kutilmoqda. 2020 yil 2 iyun kuni London oltin bozorida 1 troy unsiya oltin narxi 1742,2 AQŞ dollarini taşkil qildi yoki yil boşiga (1514,8 AQŞ dollari) nisbatan 15 foizga oşdi. Şu örinda qayd ötiş kerakki, 2020 yil yanvar-aprel oylarida
1,55 mlrd. AQŞ dollari miqdorida oltin eksport qilindi.
London Bullion Market da oltin narxi (London vaqti bilan soat 15:00)
AQŞ doll/ 1 troy unsiya

Şu bilan birga, asosiy savdo hamkorlarimiz – Rossiya, Qozoğiston va Xitoy iqtisodiyoti sekin-asta oyoqqa turmoqda. Mazkur davlatlarda iqtisodiy ösişning tiklanişi Özbekiston eksportiga talabni qayta jonlantiradi. Bu esa taşqi savdo balansining yaxşilanişiga xizmat qiladi.
Rossiya va Qozoğistonda iqtisodiy vaziyatning yanada önglanişi ma'lum darajada neft narxining prognoz körsatkiçlari doirasiga qaytişiga ham boğliq. Qayd etiş lozimki, jahon bozorida 1 barrel neft xomaşyosi (crude oil: Brent – Europe) narxi 2020 yil 21 aprel kuni özining rekord darajadagi past körsatkiçiga (9,12 dollar) yetganidan söng, yana kötarila boşladi va 1 iyun holatiga 36,74 dollarni taşkil etdi.
Xom neft (Crude oil) narxi: Brent – Europe
AQŞ dollar/1 barrel

Neft narxining qimmatlaşişi bilan rossiya rubli va qozoq tengesi qadri oşa boşladi. Iyun oyining boşiga kelib söm devalvatsiyasi darajasiga yaqinlaşdi. Rubl va tenge qadrining bunday oşişi Özbekistondan tovarlar va xizmatlar eksportiga talabni oşiradi.
Milliy valutalarning 1 AQŞ dollariga nisbatan almaşuv kursi indeksi

Şuningdek, mazkur valutalarning AQŞ dollariga nisbatan qadrining kötarilişi Özbekistonga pul ötkazmalari hajmiga ham ma'lum darajada ijobiy ta'sir körsatmoqda. Masalan, Markaziy bank ma'lumotlariga köra, aprel oyining sönggi 10 kunligida xalqaro pul ötkazmalari hajmi oyning birinçi va ikkinçi ön kunligiga nisbatan 1,7 barobar oşgan. May oyida esa pul ötkazmalari hajmi yanada jonlandi. Kelgusi oylarda ham xalqaro pul ötkazmalarining köpayişi tölov balansi joriy operatsiyalar hisobi holatining yaxşilanişiga xizmat qiladi.
«S&P» agentlik press-relizida ta'kidlaganidek, Özbekistonning global iqtisodiyotga yanada integratsiyalaşuvi suveren kredit reytingiga ijobiy ta'sir körsatadi. Bu borada bir neça olğa qadamlar taşlandi. Xususan, Jahon savdo taşkilotiga qöşiliş böyiça muzokaralar olib borilmoqda.
«S&P» agentligi tomonidan respublikamiz kredit reytingi böyiça kutilmani «barqaror» darajaga özgartirişga turtki böladigan omillardan yana biri YaIMga nisbatan taşqi qarz ösiş sur'atlarining sekinlaşişi hisoblanadi. Bu, bir tomondan, pandemiyadan keyingi davrlarda YaIM ösiş sur'atlarining tezlaşişiga boğliq. Boşqa tomondan esa, Özbekiston Respublikasi (Özbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki Özbekiston Respublikasi kafolati ostida taşqi qarzni jalb etiş böyiça imzolanadigan yangi şartnomalarning çegaralangan hajmi 4 mlrd AQŞ dollaridan oşmasligini ta'minlanişiga boğliq.
Bundan taşqari, iqtisodiy tizimda infrastrukturani rivojlantiriş va işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş maqsadida içki moliyaviy resurslarni safarbar qiliş muhim ahamiyat kasb etadi. Uşbu omillarni hisobga olib, Özbekistonda 2020−2025 yillarga möljallangan bank tizimini isloh qiliş strategiyasi tasdiqlandi. Mazkur strategiyaga köra, 2025 yilgaça xalqaro moliya institutlari kömagida «Ipoteka-bank» ATIB, «Özsanoatqurilişbank» ATB, «Asaka» ATB, AT «Aloqabank», «Qişloq quriliş bank» ATB va «Turonbank» ATBdagi davlat uluşlari bosqiçma-bosqiç xususiylaştiriladi.
Şuningdek, davlat uluşi mavjud korxonalarni xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş Özbekistonning suveren kredit reytingi barqarorligini ta'minlaşga xizmat qiladigan omillardan hisoblanadi. Şuning uçun «Iqtisodiyotda davlat uluşini qisqartirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori loyihasi işlab çiqilmoqda. Mazkur qaror loyihasida davlat uluşi 1 foizdan 100 foizgaça bölgan
1115ta korxonalar töliq xususiylaştiriş nazarda tutilgan.
Xulosa
Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz sababli xalqaro reyting agentliklari mamlakatlar suveren kredit reytinglarini yoki ular böyiça kutilmalarini qayta körib çiqmoqda. Şular jumlasidan, «S&P» tomonidan Özbekiston suveren kredit reytingi böyiça kutilmaning «barqaror»dan «salbiy»ga özgartirildi. Agentlikning uşbu qarori koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta'siri bilan izohlanadi.
Özbekiston kredit reytingini barqaror darajada saqlab qoliş uçun tölov balansi joriy operatsiyalar hisobini yaxşilanişi, bank tizimini transformatsiya qiliş, xususan davlat uluşi mavjud banklarni xususiylaştiriş hamda banklarning moliyaviy vositaçilik vazifasini kuçaytiriş, davlat korxonalarini xususiylaştiriş jarayonlarini tezlaştiriş talab etiladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
yetakçi ilmiy xodimi Xalilulloh Hamidov









