O‘zbekiston | 11:40 / 10.06.2020
9664
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston «Tinchliksevarlik global indeksi»da 103-o‘rinni egalladi

2019 yilda reytingda 102-pog‘onadan joy olgandi.

Foto: bookatour.me

Iqtisodiyot va tinchlik instituti (The Institute for Economics and Peace) dunyoning 99,7 foiz aholisi istiqomat qiladigan 163 mamlakatni qamrab olgan navbatdagi «Tinchliksevarlik global indeksi»ni e'lon qildi.

O‘zbekiston jamiyatning jipslashuvi, inson huquqlariga rioya etilishi, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, terrorchilik tahdidi, jangovar harakatlardagi ishtirok kabi omillar hisobga olinadigan mazkur reytingda o‘tgan yil bilan taqqoslaganda bir pog‘ona pastladi va 103-o‘rinni egalladi. Mamlakat 2019 yilda reytingda 102-pog‘onadan joy olgandi.

Markaziy Osiyo davlatlaridan ushbu reytingda Qozog‘iston 70, Qirg‘iziston 93, Tojikiston 107, Turkmaniston 116-o‘rinda qayd etildi. Mo‘g‘uliston 39-pog‘onadan joy olgan. Afg‘oniston 163 mamlakat orasida so‘nggi o‘rinni egalladi.

Islandiya reytingda 2008 yildan beri egallab kelayotgan yetakchilik o‘rnini bu gal ham hech kimga bermadi. Birinchi beshlikda Yangi Zelandiya, Avstriya, Portugaliya va Daniya ham qayd etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish