O‘zbekiston | 22:18 / 10.06.2020
87335
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijdan charter reysda kelgan fuqaro koronavirusdan vafot etdi

O‘zbekistonda pandemiya qurbonlari soni 19 nafarga yetdi.

Samarqandlik A. shu yilning 27 may kuni Sankt-Peterburgdan charter reys orqali O‘zbekistonga kelgan va Karantin markazida tibbiy kuzatuvga olingan, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unda 1 iyun kuni «Covid-19» infeksiyasi tasdiqlanib, Toshkentdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

«Koronavirus infeksiyasiga chalingan ushbu bemor (erkak) uzoq yillar davomida o‘tkir leykoz, surunkali anemiya og‘ir darajasi va nafas yetishmovchiligi kabi kasalliklar bilan davolanib kelgan.

Shu yilning 1 iyun kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Shu kungacha unga bosh mutaxassislar tomonidan konsultatsiyalar, mamlakatimizdagi tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining shifokorlari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta'minlangan.

Biroq standartlar bo‘yicha ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan», – deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga oid