Jamiyat | 20:00 / 11.06.2020
16243
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Murari Jalan va MJ Developers: rejalar va qarashlar

Hindistonning developer kompaniyasi O‘zbekistonni o‘ziga xos falsafasini amalga oshirish markazlaridan biri sifatida tanladi. MJ Developers yashash, hordiq va ishlash uchun shunchaki binolar qurmaydi – ular yangi ko‘chmas mulk bilan hayotingiz qanchalik o‘zgarishi mumkinligini namoyish etadi.

«Shahar ichida shahar» – O‘zbekiston uchun o‘ziga xos loyihalar bo‘lib, ular Hindiston, Arab Amirliklarida allaqachon o‘z «uy»larini topishga ulgurganlar. MJ Developers kompaniyasi asoschisi Murari Jalan (Murari Jalan) mamlakatimiz ko‘chmas mulk sohasining turli loyihalariga o‘zini bag‘ishlash uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan. U mahalliy loyihalarda mamlakat uchun yangi golf-klublar, shuningdek, ta'lim muassasalari, tibbiyot va dam olish maskanlarining bo‘lishini ko‘zda tutgan. Barcha loyihalar jahon standartlariga mos bo‘lib, bizga o‘zimiz hamda yaqinlarimizning turmush tarzini yaxshilash uchun haqiqiy imkoniyat beradi.

Murari Jalan Namangan shahri sobiq hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov bilan

MJ Developersning birinchi loyihasi poytaxtda emas, balki aholisi zich bo‘lgan Namanganda joylashib, vodiyning haqiqiy biznes markaziga aylanishi shubhasiz. Istiqomat qilish, ishlash, ta'lim olish va ko‘ngilochar maskanlar binolarining barchasi bir joyda jamlanadi. Namangan Square muvaffaqiyat va ijobiy o‘zgarishlar timsoli bo‘ladi.

Toshkentni esa yanada ambitsiyali loyihalar kutmoqda. «Minerva City», «Lake City» «shahar ichida shahar» – faxrli nomga mutlaq mos kelgan holda ulkan maydonni egallaydi. Bu yerda nafaqat turar joy uylari va ofis binolari mavjud savlatli osmono‘par inshootlar qad ko‘taradi, balki ko‘plab ko‘ngilochar markazlar ham joylashadi, jumladan akvaparklar va basseynlar. Barchasi qulay istiqomat, mukammal shoping va hordiq, biznes yuritish uchun bir joyda jamlangan.

Hindistonlik developerlarning asosiy falsafasi – qurilishni potensial mijozlar va tashrif buyuruvchilar turmush tarzini yetarli darajada yaxshilash maqsadida amalga oshirish, ularga yuqori xalqaro standartlarga javob bera oladigan ko‘chmas mulk sotib olishga imkoniyat berish. Qurilishning umume'tirof etilgan eko-prinsiplari bu yerda bo‘lishni nafaqat qulay, balki juda foydali qiladi – obektlarning 50-60 foizi yashil hududlardan iborat, bu esa sog‘lom turmush tarzini yuritishni xohlaydiganlar uchun juda muhim.

Murari Jalan

Murari Lal Jalan haqida qisqacha biznes-ma'lumot (Murari Lal Jalan):

Haqiqiy biznesmen va AgioImage Group guruhi raisi bo‘lgan Jalan yoshlik vaqtidan qog‘oz savdosi bilan shug‘ullanadigan oilaviy biznesga qo‘shiladi. U foto xizmatlar va foto mahsulotlar bozori bilan shug‘ullangan, keyinroq savdo va distributsiya, ko‘chmas mulkni rivojlantirish, qog‘oz ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash va aviatsiya kabi sohalarga o‘tgan.

Mavjud korxonalari BAA, Hindiston, Rossiya, O‘zbekiston kabi mamlakatlar bo‘ylab tarqalgan bo‘lib, turli segmentlarni qamrab oladi. Tug‘ma bisnesmen bo‘lgan Murari Jalan (Murari Jalan) biznes uchun to‘g‘ri imkoniyatlarni o‘z vaqtida muvaffaqiyatli aniqlashga muvaffaq bo‘ldi va ulardan foyda ola oldi. Bugun u uzoq yillar davomidagi ko‘p tarmoqli, ko‘p bozorli va turli madaniyatli ishlarga tayangan holda keng tadbirkorlik ko‘nikmalariga, katta ishbilarmonlik tajribasiga, uzoqni ko‘ra olish va moliya sohalarida uddaburonlik qobiliyatlariga egadir hamda ular yordamida turli tashkilotlarni boshqarib kelmoqda.

Sayt: namangansquare.com

Instagram: @namangansquare.uz

Facebook: fb.com/namangansquare.uz

Telegram-bot: @namangansquare_bot

Telegram-kanal: t.me/themjdevelopers

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid