Chirchiq shahri «qizil» hududga aylandi
Toshkent viloyatining Chirchiq shahri 11 iyundan boshlab «yuqori xavfli hudud» sifatida toifalandi va «qizil» hududga aylandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.
«Chirchiq shahri «qizil» hudud toifasiga kirishi munosabati bilan, barcha blokpostlardagi nazorat kuchaytirilgan holda ish olib borilishi ko‘zda tutilgan. Avtotransport vositalarini qatnovi ertalab 7:00dan 10:00ga qadar hamda 17:00dan 20:00ga qadar amalga oshiriladi. Karantin qoidalariga to‘liq rioya qiling!», deyiladi hokimlik xabarida.
Toshkent viloyati hokimligi ham viloyatda turli ranglarga toifalangan hududlarda o‘zgarish bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar bergan. Unga ko‘ra, yana ikki hudud - Chirchiq shahri va Bekobod tumani «qizil» hududlar qatoriga kiritilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahri (To‘ytepa) «sariq»dan «yashil»ga o‘tishi rejalashtirilgan.
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan kelib chiqqan holda viloyatning tegishli mutasaddilari tomonidan hududlardagi ahvol quyidagicha baholanmoqda:
- «Qizil» hudud: Chirchiq shahri, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Qibray, Parkent, Piskent, Chinoz, Yangiyo‘l, Toshkent tumanlari.
- «Sariq» hudud: Angren, Yangiyo‘l shaharlari, Bo‘stonliq, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari.
- «Yashil» hudud: Nurafshon, Olmaliq, Ohangaron shahri, Ohangaron tumani, Bo‘ka, Quyi Chirchiq tumanlari.
Mazkur o‘zgarishlar Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amalga oshirilishi eslatib o‘tilgan.
Chirchiq shahri va Bekobod tumani 6 iyun holatiga ko‘ra, «sariq» hududlar qatoriga kiritilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 10 iyun kuni Bekobod tumanida aholi orasida kasallanish holati aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
Jahon | 03:00
-
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:17
-
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
Jahon | 01:03
-
«G‘alaba asosan biz tufayli qo‘lga kiritilgan». Tramp 8 mayni rasman G‘alaba kuni deb e’lon qildi
Jahon | 00:31
Mavzuga oid

12:46 / 16.03.2025
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

09:47 / 16.01.2025
Chirchiq shahridagi dorixonada bosqinchilik sodir etildi

17:14 / 20.11.2024