«Bugungi kunda iqtisodiyot sohasida birorta ham yopiq ma'lumot qolmadi» – Jamshid Qo‘chqorov
Bugun, 13 iyun kuni «Munozara klubi»ning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘z chiqishida 3-4 yil avval tashqi qarz miqdori, budjet xarajatlari maxfiy ma'lumot hisoblangani, bugungi kunda iqtisodiyot sohasida, ijtimoiy rivojlanish sohasida yopiq ma'lumot qolmaganini ta'kidladi.

Jamshid Qo‘chqorov Foto: KUN.UZ
«Bugun ko‘pchilikni qiziqtirayotgan davlat qarzi masalasida fikr almashamiz. Oxirgi ikki yildan buyon davlat qarzi, ayniqsa, tashqi qarz statistikasi va tahlili doimiy ravishda Moliya vazirligi tomonidan, o‘z navbatida, nodavlat sektor tashqi qarzi esa Markaziy bank tomonidan muntazam e'lon qilinib kelyapti.
Bu tabiiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda, umuman, o‘zaro suhbatlarda ko‘plab fikr almashuvlarga, munozaralarga ham sabab bo‘lmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, bundan bor-yo‘g‘i 3-4 yil avval tashqi qarz qanchaligi maxfiy ma'lumot hisoblanardi. Mana, Abdulla aka Abduqodirov moliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlaganlar, so‘zlarimni tasdiqlaydilar.
Tashqi qarzni qo‘ya turaylik, oddiygina budjet xarajatlari ham yopiq edi. Budjet siyosati haqidagi ko‘plab dissertatsiyalar ham hech qanday budjet raqamlari, statistikalarsiz himoya qilinganiga guvohman. Bundan bor-yo‘g‘i 3-4 yil avvalgi gaplarni gapiryapman. 50 yo 60 yil avvalgi gapni gapirmayapman.
Hayotimiz shunchalik shiddat bilan o‘zgarib ketdiki, bu raqamlar avval maxfiy bo‘lganini, ularni aytish mumkin bo‘lmaganini, bitta tashkilot ikkinchi tashkilotga shu raqamni berishi uchun bosh vazirning tegishli o‘rinbosaridan ruxsat olinardi. Ruxsatni olguncha ham odam qon bo‘lib ketardi. Olimlar haqida gapirmayapman, bir davlat tashkiloti ikkinchi davlat tashkiloti bilan ma'lumot almashishi shu darajada qiyin bo‘lgan.
Lekin bugun hammamiz shunday imkoniyatga ega bo‘ldikki, bugungi kunda iqtisodiyot sohasida, ijtimoiy rivojlanish sohasida, menimcha, birorta ham yopiq ma'lumot qolmadi.
Bugungi munozaramizda ishtirok etayotgan mahalliy yoki xalqaro ekspertlarning yozganlarini doim o‘qib boraman. Bu kabi fikrlashuv bir-birimizni boyitadi. Kim o‘zining uyasida bekinib olsa, bu yaxshilikka olib kelmasligini o‘zimiz ham ko‘rdik», deya Jamshid Qo‘chqorovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, «Munozara klubi» hukumat iqtisodiy bloki tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u masalalar yuzasidan fikr almashish, jamoatchilikni kelgusi rejalardan xabardor qilishning yangi platformasi sifatida taklif etilgan.
Klubning birinchi muhokamasida iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov, moliya vaziri Timur Ishmetov, markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov, deputatlar, ekspertlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklarining vakillari, jurnalistlar qatnashyapti.
Ma'lumot uchun, Kun.uz internet nashri loyihaning bosh axborot hamkori hisoblanadi. Klubdagi ilk muhokamalardan batafsil videoreportaj bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

19:28 / 18.12.2024
Toshkentda issiqlik ta’minoti narxlari 2 yilda 4 marta oshiriladi. Lekin bu ham yetarli emasligi aytilmoqda

14:14 / 18.12.2024
“Energetika sohasini subsidiyalash 2028 yildan to‘xtatiladi” – Jamshid Qo‘chqorov

18:33 / 26.11.2024
“Judayam murakkab savol” - Qo‘chqorov tibbiyot xodimlarining maoshi haqida

17:11 / 26.11.2024