Respublika bo‘yicha FHDYo bo‘limlari tomonidan dalolatnoma yozuvlarining 60 foizdan ortig‘i raqamlashtirildi – DXA
Davlat xizmatlari agentligi yetakchi maslahatchisi Madina Mahmudovaning ma'lum qilishicha, hozirgacha FHDYo bo‘limlari tomonidan respublika bo‘yicha 33,21 millionta, ya'ni, 60 foizdan ortiq dalolatnoma yozuvlari raqamlashtirilib, «FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimiga kiritilgan.
“Davlat rahbarining tegishli qarori bilan 2022 yil 1 yanvarga qadar FHDYo organlarida saqlanayotgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini raqamli ko‘rinishga o‘tkazishni tugatish belgilangan. Shunga ko‘ra, Adliya vazirligi tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari arxiv ma'lumotlarini raqamli ko‘rinishga o‘tkazish uchun 147 ta arxivarius shtat birliklari joriy etildi.
Hozirgacha FHDYo bo‘limlari tomonidan respublika bo‘yicha 33,21 millionta (ya'ni, 60 foizdan ortiq) dalolatnoma yozuvlari raqamlashtirilib, «FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimiga kiritildi. Shundan, 45 ta FHDYo bo‘limlari o‘zlarining arxiv ma'lumotlarini axborot tizimiga to‘liq kiritib bo‘lishdi”, deya Madina Mahmudovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilishicha, Buxoro, Sirdaryo, Navoiy, Jizzax va Xorazm viloyatlari FHDYo bo‘limlari tomonidan dalolatnoma yozuvlarini raqamlashtirilishda faollik ko‘rsatmoqda. Jumladan, raqamlashtirig ko‘rsatkichlari Buxoro viloyatida 96,6 foiz, Sirdaryo viloyatida 80,3 foiz, Navoiy viloyatida 77,1 foiz, Jizzax viloyatida 76,9 foiz hamda Xorazm viloyatida 74 foizni tashkil etmoqda.
“Agentlik tomonidan FHDYo arxiv ma'lumotlarini raqamlashtirish ishlarini yanada tezlashtirish hamda muddatidan oldin tugatish uchun barcha FHDYo bo‘limlarini optik tolali aloqa tarmoqlariga ulash choralari ko‘rilmoqda. Bu esa, ma'lumotlarni «FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimiga kiritish jarayonini tezlashtirib, mas'ul xodimlarning ishini osonlashtiradi.
FHDYo arxiv ma'lumotlarini raqamlashtirish fuqarolarning so‘rovlariga asosan arxiv hujjatlaridan ma'lumotnomalar berish muddatini 15 ish kunidan sanoqli daqiqalargacha qisqartirish imkonini beradi”, deydi Madina Mahmudova.
Mavzuga oid
07:30 / 15.03.2024
O‘zbekistonda ikki oyda qancha nikoh qayd etilgani aytildi
18:21 / 05.01.2024
O‘zbekistonda 2023 yili eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma’lum qilindi
18:37 / 23.10.2023
Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomasini qayd etish sohasidagi hujjatlar tizimlashtiriladi
08:23 / 10.07.2023