Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun 69 bemor koronavirusdan tuzalib chiqdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda yana 33 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda kasallikdan sog‘ayganlar soni 3943 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.
Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.
Tuzalganlarning 21 nafari erkak, 12 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 69 yoshda bo‘lsa, yoshi kichigi 3 yoshli qizaloq.
Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 1930 nafarga yetdi.
Bundan avvalroq Toshkentda 22, Buxoroda 10 va Namanganda 4 nafar, jami 36 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aygani xabar qilingandi.
Shunday qilib, bugun jami 69 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 3943 nafarni tashkil etmoqda.
Ayni vaqtda shifoxonalarda jami 1089 bemor davolanmoqda, shundan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Tavsiya etamiz
Boku – Moskva nizosi til masalasiga yetib keldi
Jahon | 09:05 / 04.09.2025
Xitoyning yadro triadasi, G‘arb uchun signal hamda Putin va Kimning qo‘llovi – Pekindagi parad qanday o‘tdi?
Jahon | 19:40 / 03.09.2025
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Audi tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi
Jamiyat | 10:38
-
Uy olish uchun qaysi viloyatda necha yil ishlash kerak?
Ko‘chmas mulk | 10:34
-
Akademik Tohir Aripov faxriy unvon bilan taqdirlandi
O‘zbekiston | 10:29
-
Samarqandda o‘quvchilar avtobusga chiqarilmadi: hokimlik bepul qatnov joriy qildi
Jamiyat | 10:23
Mavzuga oid

10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi

22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan

18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda

18:02 / 03.05.2022