Taxiatosh tumaniga yangi hokim tayinlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi ma'lum qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2020 yil 16 iyundagi qaroriga ko‘ra, Ilhom Matkarimov Taxiatosh tumani hokimi etib tayinlangan.
Ilhom Matkarimov mehnat faoliyati davomida soliq tizimida va Beruniy tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. U 2018—2020 yillarda Mo‘ynoq tumanida prokuror, O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Taxiatosh tumanining avvalgi hokimi Farhod Allambergenov 8 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024