«Rostov»ning 6 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi
«Rostov» klubi matbuot xizmati 6 nafar jamoa futbolchisining koronavirusga topshirgan testi musbat natija berganligi va klub karantinga olinishini e'lon qildi.
«Rossiya Premer-ligasi 23-turi doirasidagi «Sochi» — «Rostov» uchrashuvi oldidan jamoamiz futbolchilari, murabbiylar shtabi va klub xodimlarining COVID-19ga topshirgan testi natijasiga ko‘ra, tarkibdagi 6 nafar futbolchining tahlili ijobiy natija bergani aniqlandi. Ushbu futbolchilar alohida nazoratga olindi.
Kasallanganlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan jamoaning futbolchilari, murabbiylari – jami 42 nafar a'zosi ikki haftalik karantinga olindi», - deyiladi klub xabarida.
Klub tomonidan ism-sharifi sir saqlangan bu futbolchilar - Roman Yeremenko, Dennis Xajikadunich, Xoren Bayramyan, Matias Normann, Ivelin Popov va Arseniy Logashovdir.
Oldinroq, jamoa a'zolari ikki tarkibga bo‘linib, o‘zaro nazorat o‘yini o‘tkazganligi xabar qilingandi. Ushbu bahsda «Rostov»ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov ham to‘p surgan.
Ma'lumot uchun, Rossiya Premer-ligasi doirasida 19 iyun kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan «Sochi»ga qarshi bahs noma'lum muddatga qoldirilgan.
Mavzuga oid
11:49 / 23.08.2024
Rostov viloyatida neft bazalari ommaviy ravishda sotilmoqda
10:30 / 03.08.2024
Rostov viloyatiga o‘nlab dronlar hujum qildi
12:51 / 18.07.2024
Rostov viloyatida elektr energiyasi iste’moliga cheklov kiritildi
14:11 / 16.06.2024