Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston 1 iyuldan O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarni tiklaydi
Tojikiston koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida mart oyidan xalqaro aviaqatnovlarni to‘xtatgandi.
Tojikiston 1 iyuldan xalqaro yo‘nalishlar – O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari bilan aviaqatnovlarni tiklaydi. Mamlakat epidemiyaga qarshi kurashish shtabi ana shunday qaror qabul qildi, deb yozmoqda asiaplustj.info.
Ushbu mamlakatlarga parvoz qiladigan yo‘lovchilar salomatligi to‘g‘risida tibbiy ma'lumotnomaga ega bo‘lishlari lozim, deb xabar bermoqda "Xovar" axborot agentligi.
«Tojikiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi agentligiga Rossiya, Turkiya va Xitoyga parvozlarni tashkil etish masalasini o‘rganish va respublika shtabiga taklif taqdim etish topshirildi», - deyiladi xabarda.
Tojikiston koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida mart oyidan xalqaro aviaqatnovlarni to‘xtatgandi.
Avvalroq O‘zbekiston 15 iyundan xalqaro aviaqatnovlarni qisman tiklashi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
12:12 / 09.06.2026