Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud AQSh Adliya vazirligining da'vosini rad etib, Boltonning kitobi sotuvga chiqarilishiga ruxsat berdi
Adliya vazirligi Bolton o‘z kitobida maxfiy axborotni oshkor qilgan deb hisoblagan va suddan kitobni chop etishni taqiqlashni so‘ragandi.
Kolumbiya okrugi sudi AQSh Adliya vazirligining da'vosini rad etdi va AQSh prezidentining sobiq maslahatchisi Jon Boltonning kitobi sotuvga chiqarilishiga ruxsat berdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Adliya vazirligi Bolton o‘z kitobida maxfiy axborotni oshkor qilgan deb hisoblagan va suddan kitobni chop etishni taqiqlashni so‘ragandi.
Sud qarorida aytilishicha, Bolton «AQSh milliy xavfsizligi bilan o‘ynashgan» hamda «o‘z mamlakatiga zarar yetkazgan».
«Ammo bu faktlar sudga berilgan da'voga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi. Sud kitobni chop etishni taqiqlash yetkaziladigan zararning oldini olishini aniqlay olmadi. Da'vo rad etildi», — deyiladi unda.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Jon Boltonni xoin deb atab, uning Oq uy haqidagi kitobini yolg‘onlardan iboratligini aytdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp ham Bolton davlat sirlarini o‘z ichiga olgan kitobini chop etgani uchun jiddiy javobgarlikka tortilishi lozimligini bildirdi.
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Boltonning memuari «Bu voqea sodir bo‘lgan xona: Oq uy memuarlari» (The Room Where It Happened: A White House Memoir) deb nomlanadi. Kitob sotuvi 23 iyundan boshlanishi mo‘ljallangan. AQShdagi qator gazetalar kitobdan parchalar berdi.
O‘zining 576 sahifadan iborat kitobida 71 yoshli Jon Bolton AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatida o‘tkazgan 17 oyi haqida so‘z yuritgan.
Mavzuga oid
09:35 / 16.01.2026
Tramp G‘azo sektorida “Tinchlik kengashi” tuzilganini e’lon qildi
10:44 / 19.12.2025
Bolton: Ukraina NATOga kirishga intilishdan voz kechmasligi kerak
08:38 / 01.12.2025
Tramp urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imkoniyatini “yaxshi” deb baholadi
10:40 / 25.11.2025