Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Milliy gvardiya xodimlari daryoda cho‘kayotgan ayolni qutqarib qoldi
Voqea 24 iyun kuni Zarafshon daryosining Samarqand shahridan oqib o‘tuvchi qismida sodir bo‘lgan. Bu haqda Milliy gvardiya Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Daryo ustidagi ko‘prik yaqinida turgan Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi 1-alohida bataloni safdor xodimlari A.Rabbonov hamda F.Qarshiyev soat 9:20lar atrofida to‘lqinlar ichida odam ovozi eshitilayotganini payqab qolishadi.
Daryo hududi ko‘zdan kechirilganda, ayol kishi suvga cho‘kib ketayotgani ma'lum bo‘ladi. Shunda xodimlar zudlik bilan daryoga sho‘ng‘iydi. Tez fursatda o‘sha ayolga yetib olib, qirg‘oqqa olib chiqishadi. Shoshilinch ravishda tez yordam chaqirishadi. Ular yetib kelgunga qadar birinchi tibbiy yordam ham ko‘rsatishadi.
«Shunday qilib, daryoga cho‘kishiga bir baxya qolgan inson hayoti saqlab qolindi.
Ayni vaqtda fuqaro Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam Samarqand filiali 3-Xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan bo‘lib, shifokorlar nazoratiga olingan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda», – deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
11:39 / 28.02.2026
“17 ming dollarga Isroilga yuboraman”: Samarqandda gumonlanuvchi ushlandi
17:51 / 19.02.2026
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining Samarqand viloyatida sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi
08:21 / 19.02.2026
Samarqandda zamonaviy dor yo‘li qurilishi boshlandi
08:51 / 18.02.2026