Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Qrimni qaytarishga va'da berdi
Vladimir Zelenskiy shuningdek, yarim orolda qrim-tatarlar bayrog‘i ko‘tarilishiga va'da bergan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Qrimni qaytarib olishiga va'da berdi. Bu haqda UNIAN agentligi xabar berdi.
Zelenskiy Ukraina janubiga tashrifi chog‘ida qrim-tatar faollari bilan uchrashuvida ana shunday bayonot bilan chiqqan.
"Biz hammasini qaytaramiz — Qrimni ham, odamlarni ham qaytaramiz", — degan u.
Vladimir Zelenskiy shuningdek, yarim orolda qrim-tatarlar bayrog‘i ko‘tarilishiga va'da bergan.
Qrim 2014 yilda o‘tkazilgan referendum natijasida Rossiya tarkibiga qo‘shilgandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya 1» telekanalida namoyish etilgan «Rossiya. Kreml. Putin» filmi muallifi Pavel Zarubin bilan suhbatda 2014 yilda Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishi «yarim orol aholisining demokratik tanlovi» ekanligini yana bir bor ta'kidladi.
«Qrim har doim bizniki bo‘lgan, hatto huquqiy nuqtai nazardan ham», - deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
20:14 / 16.07.2026
Zelenskiy yana mudofaa vazirini almashtirmoqda. Bu namoyishlarga sabab bo‘ldi
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
12:28 / 10.07.2026
Tramp Ukrainaga Patriot uchun raketalar litsenziyasini va’da qildi
08:58 / 09.07.2026