«Nafaqat xodim, oddiy odam sifatida Samarqandda yaşaş yoqimli»

Suhbatdoşimizdan avvalo Samarqandga kelgani, bu öziga xos rotatsiyani qanday qabul qilgani haqida söradik. U nafaqat davlat xodimi, balki oddiy inson sifatida Samarqandda yaşaşning özi yoqimli ekani haqida qayd etib ötdi:

«Bilasizmi, Samarqandga nafaqat davlatning xodimi sifatida, balki oddiy odam sifatida yaşaşning özi yoqimli. Faoliyatimda turli rotatsiyalar bölgan, tuman tibbiyot birlaşmalarida ham işlaganman, ammo bunaqa tajriba ilk marta bölişi. Samarqand davlat tibbiyot instituti nafaqat mamlakatda, balki mintaqada öz nomiga ega oliygoh. Bu yerdan köplab akademiklar, professorlar çiqişgan. II jahon uruşi vaqtida Leningrad harbiy tibbiyot akademiyasi vaqtinça Samarqand tibbiyot akademiyasiga köçirilgan. Qisqa muddat bölsa-da, sobiq ittifoqdagi yetakçi tibbiyot oliygohining Samarqandda faoliyat yuritişi keyinçalik hududda tibbiyot rivojiga hissa qöşgan».

Professor bilan suhbatimizning asosiy qismini koronavirus haqidagi savollar taşkil etdi. Jasur Rizayev koronavirus butun dunyoni şoşirib qöyganini ta'kidladi:

«Koronavirus bilan boğliq vaziyat nafaqat butun dunyodagi tibbiyot xodimlarini, balki barça insonlarni şoşirib qöydi. Pandemiya juda katta loyihalarni töxtatib qöydi. Iqtisodiyotga, odamlarning yaşaş tarziga ta'sir qildi.

Bir narsani unutmaslik kerak, koronavirus yangi virus emas. Uning ustida köplab örganişlar qilingan. Virus bugungi kunda murakkab modifikatsiyaga uçrab, pandemiya şaroitini keltirib çiqardi. Bunga esa davlatlar tayyor emasdi. Bizda koronavirusga qarşi kuraş töğri yölga qöyilgani uçun bugun kasallik körsatkiçi yuqori emas. Masalan, MDHda foiz körsatkiçi böyiça eng yaxşi körsatkiçlardan biri bizda».

«Virus bilan «döstona yaşaşga» örganişimiz kerak»

Suhbatdoşimizning aytişiça, virus butunlay yöqolib ketişi qiyin masala. Şunday bölsa-da, uni insoniyat uçun kam xavf tuğdiradigan virusga aylanib qolişiga erişiş mumkin:

«Menga köpçilik «Virus yöqolib ketadimi?», deb savol beradi. Şuni tuşunişimiz kerakki, virus yöqolib ketmagan taqdirda ham insoniyat u bilan «döstona yaşaşga» örganişi kerak. Buning imkoni bor. Masalan, biz karantinni töğri yölga qöydik, davolaş borasida töğri işladik, kasallikning oldini oliş böyiça samarali çoralar kördik va natijada karantindan kam yöqotiş bilan çiqişimizga umid qilişimiz mumkin.