JSST koronavirus tarqalishi tezlashganini ma'lum qildi
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus pandemiya yangi va xatarli bosqichga kirganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu "ko‘pchilikning uyda o‘tiraverishdan zerikkani bilan bog‘liq".
Ayrim davlatlarda vaziyat yaxshilanganiga qaramasdan, dunyo bo‘yicha COVID-19 pandemiyasi tezlashmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus ma'lum qildi.
"Ayrim mamlakatlar o‘z iqtisodiyotini ochgach va ijtimoiy hayotga qaytganidan keyin holatlarning o‘sishiga duch keldi. Vaziyat hali tugamaganligi og‘ir voqelikdir", - dedi u.
JSST bosh direktorining qayd etishicha, 30 iyun kuni tashkilot Xitoyda noma'lum turdagi zotiljam avj olgani to‘g‘risidagi ilk xabarni olganiga olti oy bo‘ldi.
Olti oy ichida kasallikka chalinganlar soni o‘n milliondan oshdi, 500 ming kishi vafot etdi, deb qo‘shib qo‘ydi u.
Avvalroq Tedros Adxanom Gebreyyesus pandemiya yangi va xatarli bosqichga kirganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu "ko‘pchilikning uyda o‘tiraverishdan zerikkani bilan bog‘liq".
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 10,3 millionga yetgan, 506 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
18:19
JSST maktab o‘quvchilariga yuklama ortib borayotganidan xavotirda
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
17:08 / 30.10.2024