Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani 1 iyuldan yopiladi
Jizzax viloyatining Do‘stlik tumaniga 2020 yil 1 iyul soat 00:01 dan boshlab kirish va chiqish to‘xtatiladi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar qilgan.
Ma'lum qilinishicha, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta'minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda mutasaddi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish, fuqarolarning hayoti, ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida viloyat va tuman hokimlarining tegishli qarorlari qabul qilingan.
Ma'lumot uchun, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 26 iyundagi qaroriga ko‘ra, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidan boshqa barcha hududlari, jumladan, Do‘stlik tumani ham «yashil» hudud sifatida belgilandi. 29 iyun kuni Jizzax viloyatida 5ta yangi holat (shundan 4tasi aholi orasida) qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 1 iyuldan O‘zbekistonning «sariq» hududlarida soat 22:00 dan keyin maxsus ruxsatnomasiz yurgan avtomobillarga qarshi nazorat kuchaytiriladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
-
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi
Jamiyat | 23:10 / 10.04.2025
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

12:51 / 21.10.2024
Do‘stlik tumani Ekologiya inspeksiyasi sobiq boshlig‘i qidiruvga berildi

19:52 / 04.08.2024
Jizzaxda 3 yoshli bog‘cha bolasining o‘limiga sababchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi

16:35 / 22.02.2024