Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi
Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etildi.
Agentlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.
Agentlik, jumladan, yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.
Shuningdek, agentlik yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Farmon bilan O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dasturda, jumladan, O‘zbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari hamda yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish belgilangan.
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar agentlik tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki nodavlat notijorat tashkilotlariga ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalar taqsimlash orqali moliyalashtiriladi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston fuqarolarining Slovakiyaga mehnat migratsiyasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:30
-
2024 yil xalqaro reytingda Toshkent havo iflosligi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston | 10:01
-
Piskentda yuk mashinasi va Isuzu to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Jamiyat | 09:59
-
Toshkentda isitish mavsumini yakunlash haqidagi qaror «tez orada» qabul qilinadi
O‘zbekiston | 09:57
Mavzuga oid

20:50 / 27.02.2025
Amaldorlar daraxtlarni kesayotganda yoshlarni daraxt ekishga ilhomlantirish mumkinmi? – mas’ullarning javobi

14:45 / 27.06.2024
Yoshlar ishlari agentligiga tegishli Malibu yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlandi

19:05 / 20.01.2024
Yoshlar siyosati va sport vazirligi ikkiga ajratildi

20:14 / 30.09.2023