Andijondagi qiynoq voqeasi bo‘yicha IIB boshlig‘i ham qamoqqa olingan - Bosh prokuratura
Andijondagi holat bo‘yicha jinoyat ishi 16 iyun kuni Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi ish yurituviga olingan. Tergov davomida 27 iyun kuni jinoyatga aloqador deb topilgan yana 2 kishi qamoqqa olinib, ushbu ish ish doirasida qo‘lga olinganlar soni 5 nafarni tashkil etmoqda.

Foto: Xalqaro press-klub
Xalqaro press-klubning Andijondagi qiynoq bilan bog‘liq voqeaga bag‘ishlangan sessiyasida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov jinoyat ishining yangi tafsilotlari bilan tanishtirdi.
«O‘rganishlar natijasida aniq bo‘lishicha, Andijon shahar Ichki ishlar organlari Faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-sonli ichki ishlar bo‘limi xodimlari fuqaro A.Abdukarimovni yarim tunda uyidan mashinaga majburlab o‘tkazib olib kelib, u qimmatbaho «Rubin» toshini olganini bo‘yniga olishi uchun unga zo‘rlik ishlatgan.
Aniqlanishicha, fuqaro A.Sotvoldiyev «Rubin» qimmatbaho toshini olib qaytarib bermayotgan A.Abdukarimovga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, IIBga yozma ravishda murojaat qilgan», deya ma'lumot berdi Bosh prokuratura mas'uli.
30 may kuni Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga fuqaro A.Abdukarimov tan jarohatlari bilan kelib tushgach, mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, shu kunning o‘zida Andijon shahar 4-son ichki ishlar bo‘limi xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi, ya'ni hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish da'vosi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
«Andijon shahar IIO FMB 4-son IIB jinoyat-qidiruv guruhi uch nafar tezkor vakili 29 may kuni soat taxminan 22:00larda fuqaro A.Abdukarimovning yashash xonadoniga borib, o‘zlariga qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqadigan harakatlarni qasddan sodir etgan. Jumladan, ular A.Abdukarimovni avtomashinaga majburlab o‘tkazib, 4-son IIBning ma'muriy binosiga olib kelgan va yuqorida ko‘rsatilgan qimmatbaho toshni olganligi haqida iqrorlik ko‘rsatuvi berishga majburlash maqsadida zo‘rlik ishlatib bosim o‘tkazgan», dedi Hayot Shamsuddinov.
Qayd etilishicha, IIB xodimlari fuqaro A.Abdukarimovni 30 may kuni tonggi soat 06:00ga qadar bo‘limda noqonuniy ushlab turib, uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan. Abdukarimovning sog‘lig‘i yomonlashib, hushini yo‘qotgani sababli, u IIBdan Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga olib kelingan.
Ish bo‘yicha o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma'lumotnomasida A.Abdukarimov og‘ir tan jarohati olgani ko‘rsatilgan. Jabrlanuvchiga shifokorlar tomonidan barcha tibbiy yordamlar ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramay, u olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida 11 iyun kuni vafot etgan.
Mazkur jinoyat ishi 16 iyun kuni Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi ish yurituviga olingan. Tergov davomida 27 iyun kuni jinoyatga aloqador deb topilgan yana 2 kishi – 4-sonli IIB boshlig‘i podpolkovnik P.Mamajonov hamda mazkur bo‘lim jinoyat-qidiruv guruhining yana bir tezkor vakiliga ayb e'lon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Bosh prokuratura vakili jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etayotganini, ma'lumotlar doimiy berib borilishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, Ichki ishlar vazirligi 14 iyun kuni Andijondagi voqea bo‘yicha fuqaroni kaltaklashda ishtirok etgan uch nafar IIB xodimlari - Andijon shahar IIO FMB 4-son ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv guruhi tezkor vakillari katta leytenant F.Xusanboyev, katta leytenant E.Rayimjonov va katta leytenant Q.Qodirov qamoqqa olingani, shuningdek, yana ikki rahbar xodim - Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik S.Usmanov va Andijon shahar IIO FMB 4-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik P.Mamajonov lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergandi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

10:22 / 14.03.2025
Farg‘ona, Namangan va Andijonda korrupsiya bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

20:13 / 13.03.2025
Andijonda 26 yoshli yigitni poyezd urib ketdi

08:40 / 12.03.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

09:51 / 09.03.2025