Bugun 165 bemor sog‘aydi, shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 5800dan oshdi
Bugun Toshkent, Buxoro, Samarqand va Qashqadaryoda jami 165 bemor koronavirus infeksiyasidan sog‘ayib, uyiga kuzatildi.
Bugun kun davomida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida jami 126 nafar bemor koronavirusdan tuzalib chiqdi:
- Shahar 1-son klinik shifoxonasida 53 nafar;
- Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 44 nafar;
- Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar;
- 2-son Respublika klinik shifoxonasida 13 nafar;
- Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar;
- Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 1 nafar.
Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3495 nafar bemor sog‘aydi.
Shuningdek, Buxoro viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo viloyatida 18 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.
Buxoro viloyatida koronavirus pandemiyasi davrida 528ta holat qayd etilgan, shu vaqtgacha 504 bemor sog‘ayib chiqdi, bir kishi vafot etdi. Ayni vaqtda 23 bemor davolanishni davom ettirmoqda.
Samarqand viloyatida 460ta holat qayd etilgan, shu vaqtgacha sog‘ayib chiqqanlar soni 400 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni vaqtda viloyatdagi shifoxonalarda 58 nafar bemor davolanmoqda (ikki bemor vafot etgan).
Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida 197 holat qayd etilgan, 74 bemor infeksiyadan forig‘ bo‘lgan, 123 bemor davolanishni davom ettirmoqda.
Bugun jami 165 nafar bemor kasallikdan tuzalib, hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5847 nafarni tashkil etmoqda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron tashqi ishlar vaziri Arag‘chi Moskvaga tashrif buyuradi
Jahon | 12:30
-
Farg‘onada Ulsan-O‘zbekiston kemasozlik bo‘yicha o‘qitish markazi ochiladi
Iqtisodiyot | 12:20
-
Yevroittifoq falastinliklarga yordam uchun 1,6 mlrd yevro ajratdi
Jahon | 12:10
-
Ichimlik suvi va kanalizatsiya: raqamlar yaxshilanyapti, lekin ular qanchalik haqqoniy?
O‘zbekiston | 12:07
Mavzuga oid

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?

17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda

19:59 / 09.07.2024