Jamiyat | 20:00 / 02.07.2020
26618
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

MJ Developers loyihalari: O‘zbekistonda qurilayotgan yangi «shaharlar»

O‘zbek qurilish bozorining yangi vakili – MJ Developers haqida ehtimol ko‘pchilik eshitgan bo‘lsa kerak.

Nafaqat developerlik faoliyati sohasida jahon tajribasiga ega xalqaro kompaniya, balki kompaniyaning O‘zbekistonda qanchalik yirik loyihalarni amalga oshirayotgani ham e'tiborimizni tortadi.

MJ Developers «shahar ichida shahar» konsepsiyasiga asoslangan loyihalarni yaratadi va amalga oshiradi. Bular o‘zlarining puxta o‘ylangan infratuzilmasiga ega smart turar joy komplekslaridir. Asosiy vazifa shundan iboratki, qulaylik va shinamlikning barcha elementlari majmua hududida, bir qadamlik masofada bo‘lgan turar joy majmuasini yaratish va loyihalashdir. Shuningdek, qurilish jarayonida kompaniya zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi hamda kuchli xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qiladi.

O‘zbekistonda bir vaqtning o‘zida 4 loyiha amalga oshiriladi, biroq biz bugun nafaqat loyihalar haqida, balki qurilish maydonidagi yangiliklar haqida ham aytib o‘tmoqchimiz.

Buxoroda zamonaviy mehmonxona «MV Bukhara Hotel» qurilmoqda. «MV Bukhara Hotel» sarmoyasining umumiy hajmi 5 mln AQSh dollaridan ko‘proqdir. 228 nomer, 7 qavat, prezident nomerlari, spa, basseyn, disko bar, banket zali, bularning hammasi yangi mehmonxona majmuasi hududida joylashadi. Loyiha barcha jahon standartlari bo‘yicha loyihalashtirilgan va ayni damda qurilish ishlari jadal ketmoqda. Shu fursatda mehmonxona asosiy binosining poydevori, tashqi devorlari va zinalar uchun joylar qurilib bitkazildi. Undan tashqari ichki hovli hududida ham poydevor va ikki qavat qurilishi ishlari yakunlangan. Hozirda uchinchi qavat qurilishi ishlari faol davom etmoqda. Banket zalining ham poydevori tayyor va birinchi qavat devorlarini ko‘tarish ishlari olib borilmoqda. 

Namanganda esa shaharning yangi biznes va ko‘ngilochar markazi bo‘ladigan Namangan Square majmuasining qurilish va sotuv ishlari jadallik bilan bormoqda. Ushbu loyihaning sarmoya hajmi 50 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Loyiha Namanganning nufuzli tumanlaridan birining 18 gektar maydonini egallaydi. Majmua turar joy binolari, biznes markazlari, savdo va tijorat maydonlaridan iborat bo‘ladi. shunisi e'tiborliki, 18 gektar maydonning 60 foizi yashil maydonlar va sayr yo‘laklari uchun ajratiladi. «Shahar ichida shahar» konsepsiyasi majmuaning shaxsiy mikroiqlimini ham anglatadi. Shu bilan bir qatorda, Boulevard Plaza va Iconic Towers kabi ahamiyatli joylar haqida ham aytib o‘tish joizdir.

Boulevard Plaza kafe, do‘konlar va hatto tungi bozori mavjud ajoyib xiyobon bo‘ladi. Xiyobonga nafaqat Namangan Square aholisi, balki barcha xohlovchilar ham tashrif buyurishlari mumkin. Iconic Towers bu mamlakatda analogi yo‘q bo‘lgan hashamatli biznes markazdir. Ayni damda qurilish ishlari jadallik bilan bormoqda. A03 va A02 bloklarida opalubka ishlari amalga oshirilmoqda, A03 bloki birinchi qavatining santexnika trubalari va elekt simlari o‘tkazib bo‘lingan. Devorlar ko‘tarilmoqda va pollar quyilmoqda. Savdo maydonlari poydevori uchun kotlovan qazilgan va lift shaxtasi tayyorlanmoqda.

Toshkentda Minerva City majmuasi qurilmoqda, bu poytaxtning yangi ta'lim markazidagi turar joy majmuasidir. Majmua shaharning eng faol qurilish olib borilayotgan Sergeli tumani barpo etilmoqda. Minerva City 100 gektar maydonni egallaydi. Sarmoya hajmi esa 500 mln AQSh dollarini tashkil etadi. U yerda shoping markazlari, mehmonxonalar, biznes markazlari va ofis binolari, premium darajasidagi turar joylar, shuningdek, bolalar bog‘chalari, maktablar va jahon darajasidagi kollejlar joylashadi. Xalqaro universitet esa majmuaning haqiqiy durdonasi bo‘ladi. Tez kunlarda majmua savdo ofisining ochilishi kutilmoqda. Hozirgi kunda klabxaus (ko‘p profilli ko‘ngilochar-sog‘lomlashtirish markazi) binosining qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Aynan ana shu binoda savdo ofisi ochiladi, siz bu yerda loyiha bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz. Opalubka va tom yopish ishlari faol olib borilmoqda. Tijorat inshootlari uchun poydevorlar tayyorlab qo‘yilgan, ustunlarning ko‘p qismi o‘rnatilgan, keyingi bosqichga tayyorgarlik ishlari bormoqda. Turar joy binolari uchun 3ta kotlovan qazilgan.

Toshkentdagi yana bir loyiha 100 gektarga mo‘ljallangan, sarmoya hajmi 500 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Lake City loyihasidir. E'tiborli jihati shundaki, «shahar ichida shahar» konsepsiyasining barcha afzalliklari bilan bir qatorda majmua o‘z ichiga Baxt ko‘lini ham kiritadi. Mehmonxonalar, akvapark, savdo va ko‘ngilochar markazlar va albatta, ko‘lga qaragan hashamatli xonadonlar. Bugungi kunda qurilish ishlariga jadal tayyorgarlik ketmoqda.

MJ Developers kompaniyasining yakuniy natijalarini ko‘rish juda qiziq, chunki loyihalar istiqbolli, o‘ziga xos va qiziqarli ko‘rinishga egadir. Amalga oshgach, ular infrastruktura, ta'lim va turizmning rivojlanishiga, albatta, o‘z hissalarini qo‘shadilar.

Veb-sayt: namangansquare.com

Telegram-bot: @namangansquare_bot

Youtube kanal: bit.ly/mjdevelopers

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid