Sog‘liqni saqlash vaziriga yana ikki o‘rinbosar tayinlandi
Ulug‘bek Sobirov va Shohrux Shorahmetov Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 3 iyuldagi tegishli qarorlariga asosan Ulug‘bek Yusupxonovich Sobirov va Shohrux Shoturg‘unovich Shorahmetov Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlandi.
Ulug‘bek Sobirov 1974 yilda tug‘ilgan. 1997 yilda Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ning davolash ishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, tibbiyot fanlari doktori.

Tayinlovga qadar Dermatologiya va venerologiya ilmiy tekshirish institutida turli lavozimlarda ishlagan. 2013 yildan ayni paytga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelayotgandi.
2018 yildan buyon Sog‘liqni saqlash vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Bahodir Nizomov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rnini Moliya vaziri o‘rinbosari Shohrux Sharahmetov egallagan.
Shohrux Sharahmetov 1977 yilda tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1999 yilda esa Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini iqtisodchi, moliya va investitsiyalar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U muqaddam O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasining Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, investitsion va tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish masalalari bo‘yicha bo‘linmasining bosh konsultanti lavozimida ishlagan. Turli yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida, shuningdek, Moliya vazirligidagi turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. Moliya – iqtisod sohasidagi ish staji 18 yil.
U 2019 yil mayida Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Bundan oldinroq, Elmira Bositxonova Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Bemor 12 soat qarovsiz qolgan” – telejurnalist Ramina Yagafarova o‘limi bo‘yicha ikki shifokor jinoiy jazoga tortildi
O‘zbekiston | 17:29
-
Oq uy Trampning tibbiy ko‘rik natijalarini e’lon qildi
Jahon | 17:26
-
Xitoy avtomobil va elektronika uchun zarur og‘ir nodir metallar eksportini chekladi
Jahon | 17:02
-
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi
Jahon | 16:59
Mavzuga oid

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?

17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda

19:59 / 09.07.2024