Jahon | 19:41 / 04.07.2020
13009
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda 15 kishi alkogoldan zaharlanib o‘ldi

Politsiyaning ma'lumot berishicha, vafot etganlar besh litrli plastik idishlarda bo‘lgan alkogol mahsulotidan zaharlangan.

Foto: Vladislav Vodnev

Qozog‘istonda o‘n besh kishi qo‘lbola alkogoldan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda respublika IIV matbuot xizmati xabar berdi.

"Arkalik shahrida 3-4 iyul kunlari 13 kishi "etanolning zaharli ta'siri" tashxisi bilan jonlantirish bo‘limiga keltirilgan, ularning 11 nafari vafot etgan. Xuddi shu kunlari Jaksi rayonidagi Jana-Kiyma posyolkasida 4 kishi ana shunday tashxis bilan vafot etgan", - deyiladi xabarda.

Politsiyaning ma'lumot berishicha, vafot etganlar besh litrli plastik idishlarda bo‘lgan alkogol mahsulotidan zaharlangan. Oqmola oblastida olib borilgan tekshiruvlar davomida ushbu alkogol mahsuloti tayyorlangan sex aniqlangan.

"Politsiya tomonidan uch nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Ulardan sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan mahsulotlarning bir qismi musodara qilindi. Ammo gumonlanuvchilar mahsulotning katta qismini sotishga ulgurgan", - deyiladi IIV tomonidan.

Mavzuga oid