Jamiyat | 19:15 / 05.07.2020
1922
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy ko‘chaning Labzakdan Saqichmongacha bo‘lgan qismida ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi

Toshkent shahri markazidagi ko‘chalarda ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qilgan.

Xabar qilinishicha, 6 iyul kuni soat 08:00 ga qadar Alisher Navoiy ko‘chasining Labzak ko‘chasidan Saqichmon ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi yo‘lda ta'mirlash ishlari olib boriladi.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘nalishda yo‘l qatnov qismining faqat bitta chizig‘i avtomobillar harakatlanishi uchun ochiq bo‘ladi.

Poytaxt hokimligi tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan harakatlanishni tavsiya qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish