O‘zbekistonda kunlik tuzalish holatlari soni bo‘yicha rekord yangilandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda bugun 249 nafar bemor tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yana yangilangani haqida xabar berdi.
«Shu soatlarda poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 22 nafar, 1-son shahar klinik shifoxonasida 49 nafar, 3-son tug‘ruq kompleksida 2 nafar, 1-son Respublika klinik shifoxonasida 84 nafar, 2-son Respublika klinik shifoxonasida 1 nafar, Surxondaryo viloyatida 14 nafar, jami 172 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi», deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan oldinroq Navoiy viloyatida 20 nafar, Samarqand viloyatida 49 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar bemor tuzalgani xabar qilingandi.
Shu tariqa, bugun jami 249 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘ldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi. Bundan oldingi rekord ko‘rsatkich joriy yilning 3 iyul kuni qayd etilgan, o‘shanda 217 nafar bemor tuzalgandi.
Shu vaqtgacha O‘zbekistonda kasallikdan sog‘ayganlar soni 7060 nafarni tashkil etmoqda. Ayni vaqtda shifoxonalarda 3880 bemor davolanishni davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024