Qoraqalpog‘istonda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi
Nukusda 29 iyun kuni koronavirusga chalingani tasdiqlangan 56 yoshli ayol bemor 8 iyul kuni olamdan o‘tdi. Bu O‘zbekistonda koronavirus tufayli qayd etilgan 43-o‘lim holati bo‘ldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan qoraqalpog‘istonlik 56 yoshli bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.
«Nukus shahrida yashovchi 56 yoshli Z.D. (ayol)da joriy yil 23 iyun kuni bosh og‘rig‘i, tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, burundan suv oqishi, aksirish, qaltirash va ishtahaning yo‘qolishi kuzatilgan. Bemor hech kimga murojaat qilmasdan uyida o‘zi davolangan.
29 iyun kuni esa tana harorati tushmaganligi sababli tez tibbiy yordam mashinasida Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan va izolyatorga joylashtirilgan.
Shu kuni Covid-19 infeksiyasiga namuna olingan va unda ushbu kasallik tasdiqlangan.
Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida unga Covid-19 infeksiyasining og‘ir kechishi, shuningdek, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, yurak qon-tomir yetishmovchiligining 3-darajasi, o‘tkir respirator distress sindromi tashxisi kuyilgan.
Bemor bir necha yil davomida gipertoniya, yurak ishemik kasalligi bilan davolanib yurgan va nazoratda turgan. Bundan tashqari, u zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligining 3-darajasi, arterial gipertenziyaning 3-darajasi, qandli diabetning 2-turi, semizlikning 2-darajasidan ham davolanib kelgan.
Shifoxonada bemor bir necha marta Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni ularning tavsiyasi asosida olib borilgan.
Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Bugun O‘zbekistonda koronavirus tufayli yana 3 o‘lim holati qayd etildi va jami qurbonlar soni 43taga yetdi.
Pandemiya davrida shu vaqtgacha Toshkentda 26, Namanganda 4, Samarqandda 3, Buxoro, Surxondaryo va Jizzaxda 2tadan, Farg‘ona, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida bittadan o‘lim ro‘y bergandi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
O‘zbekiston | 12:17
-
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi
Jahon | 11:41
-
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kursk viloyati sobiq gubernatori Aleksey Smirnov qo‘lga olindi
Jahon | 10:53
Mavzuga oid

07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi

10:26 / 02.07.2024
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi

12:31 / 01.07.2024
Uchta hududda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

08:27 / 20.06.2024