Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda harbiylarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
15 iyuldan keyin taqiqlangan ilovalardan foydalangan har qanday harbiy xizmatchiga nisbatan intizomiy jazo chorasi ko‘riladi.
Foto: Shutterstock
Hindiston qurolli kuchlari qo‘mondonligi harbiy unvonidan qat'i nazar barcha harbiylarga Facebook tarmog‘idagi sahifalarini zudlik bilan o‘chirishni buyurdi. Ularga shuningdek, yana 88ta ilovadan foydalanish taqiqlandi.
The Asian Age gazetasining xabar berishicha, taqiq 15 iyuldan kuchga kiradi. Taqiqilangan ilovalar orasida Hindistonda ishlab chiqarilgan hamda Xitoyning 59ta ilovasi o‘rin olgan.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, yaqin o‘tmishda xorij josuslari hind askarlaridan maxfiy ma'lumot olish uchun Facebook’dan foydalangan bir nechta holat yuz bergan.
15 iyuldan keyin taqiqlangan ilovalardan foydalangan har qanday harbiy xizmatchiga nisbatan intizomiy jazo chorasi ko‘riladi.
2019 yilda Hindiston armiyasi qo‘mondonligi harbiy xizmatchilarni Pokiston razvedkasi Facebook, Twitter va Instagram tarmoqlarida ayollar nomidan sahifa ochib hind askarlari bilan tanishishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026