O‘zbekiston | 13:25 / 10.07.2020
3344
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yo‘l ta'miri sabab Sag‘bon va Haydar Aliyev ko‘chalarini aylanib o‘tish tavsiya qilindi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtning bir qator ko‘chalarida ta'mirlash ishlari boshlangani sabab haydovchilarni ogohlantirdi.

Xususan, Haydar Aliyev (Temir yo‘lchilar) ko‘chasida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari sabab 10 iyul soat 08:00 dan Sariko‘l ko‘chasidan Ozarboyjon madaniyat markazigacha bo‘lgan qismi harakatlanish uchun qisman yopiladi.

Ta'mirlash ishlari ikki kun davom etadi. Ikki yo‘nalishdagi harakatlanish yo‘lning bir tomoni bo‘ylab amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Sag‘bon ko‘chasidagi ta'mirlash sabab Nurafshon ko‘chasidan Forobiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 10 iyul soat 08:00 dan harakatlanish uchun ikki kunga qisman yopiladi.

«Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishlari tavsiya qilinadi. Poytaxt hokimligi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi», deyiladi xabarda.