Bahodir Yusupaliyev bu haqda «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
https://ok.ru/videoembed/1578783214271
«Özbekistonda oxirgi haftaning özida kasallanganlar soni 3 mingga köpaydi. Oldingi körsatkiçlar bilan soliştirsak, kasallanganlar soni 30 foizga köpayganini köriş mumkin. Şu bilan birga, ölim körsatkiçlari ham oxiri haftada ikki barobarga ortdi. Bularning barçasi Özbekistonda epidemiologik vaziyat murakkablaşganidan dalolat beradi.
Hozir kuniga 400dan ziyod kasallaniş holati aniqlanmoqda. Bu soğliqni saqlaş tizimiga özining ta'sirini körsatmay qolmayapti. Vazirlikning alohida buyruği qabul qilingan. Unga asosan iş şunday taşkil qilinyaptiki, şaxsda qanaqadir kasallik belgilari kuzatilgan bölsa, misol uçun, harorat kötarilişi, quruq yötal paydo bölişi yoki boşqa simptomlar közga taşlangan bölsa, öşa şaxs albatta özining poliklinikasiga murojaat qilişi kerak.
Bugungi kunda Toşkent şahrining özida 64ta poliklinika bölsa, har bitta poliklinikada epid-guruhlar tuzilgan. Uning tarkibida oilaviy şifokor, infeksionist va epidemiolog bor (viloyatlarda ham şunday – tahr.). Mana şu 3 şaxsdan iborat epid-guruh joyiga borib vaziyatni örganadi va bemorni uyda davolanişga qoldiriş yoki holatining oğirligiga qarab şifoxonaga yotqiziş masalasini hal qiladi.
Agar bemor şifoxonaga olib ketiladigan bölsa, epid-guruh tegişli tez tibbiy yordam brigadalarini çaqirib, bemorni şifoxonaga yotqiziş çorasini köradi.
Bizda yana bitta koll-markaz taşkil qilingan. Uning raqami: 1105. Bu Toşkent şahri va Toşkent viloyati aholisi uçun xizmat körsatadi. Respublika böyiça 1003 raqamli koll-markaz faoliyat körsatmoqda.
Koll-markazga kelib tuşgan murojaat asosida tegişli hududga, tumanga topşiriq beriladi. Hududiy soğliqni saqlaş boşqarmasi va tuman soğliqni saqlaş bölimidagi epidemiologlar murojaat kelib tuşgan joyga borib, bemorda simptomlar bölsa, undan test olişadi.
Test natijalari örganilgandan söng uning javobi ma'lum qilinadi. Agar bemorda kasallik tasdiqlanadigan bölsa, yuqorida aytib ötilgan tartibda iş köriladi», – deya Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktorining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq, yangi tartibga asosan epid-guruhlar va mobil guruhlar tuzilayotgani haqida Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boşliği Nurmat Otabekov Kun.uz'ga bergan intervyusida töliqroq

















