O‘zbekiston | 19:50 / 13.07.2020
43693
2 daqiqa o‘qiladi

13–19-iyul kunlari rejalashtirilgan charter reyslar ro‘yxati e'lon qilindi

Transport vazirligi xorijdagi fuqarolarni olib kelish uchun 13 - 19 iyul kunlari rejalashtirilgan charter reyslar ro‘yxatini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, boshqa davlatlarda qolib ketgan vatandoshlar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq quyidagi charter reyslar orqali olib kelinadi:

13 iyul Seul – Toshkent – Seul (Asiana Airlines)

13 iyul Toshkent – Moskva – Toshkent (Uzbekistan Airways)

14 iyul Varshava – Toshkent – Riga (SmartLynx Airlines)

15 iyul Moskva – Toshkent – Moskva (Ural Airlines)

16 iyul Istanbul – Toshkent - Istanbul (Turkish Airlines)

16-17 iyul Toshkent – Nyu-York – Toshkent (Uzbekistan Airways)

19 iyul Toshkent – Vladivostok - Toshkent (Uzbekistan Airways)

Avvalroq Transport vazirli «sariq» va «yashil» toifadagi mamlakatlardan charter reyslar davom ettirilishi, mamlakatlarning qaysi toifaga mansubligini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan respublika maxsus komissiyasiga taqdim etib boriladigan haftalik jadval asosida aniqlanishini ma'lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin cheklovlari qayta tiklanishi munosabati bilan avval e'lon qilingan ikki haftalik charter reyslar jadvali qisqartirilgan edi.

Mavzuga oid