Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga yangi direktor tayinlandi
Sobiq tennischi Aleksandra Kolesnichenko Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining yangi direktori etib tayinlandi.
«Aleksandra Kolesnichenko Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib tayinlandi», deya xabar berdi fond matbuot xizmati.
Tayinlovga qadar u Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot sohasini rivojlantirishni monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Ma'lumot uchun, Aleksandra Kolesnichenko – sport ustasi, Federatsiya Kubogida O‘zbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan. 2009 yilda ITF reytingida 577-o‘ringa ko‘tarilgan. 2012 yilda Olmaotadagi menejment universitetini tamomlagan, 2016 yilda Turkiyadagi Bog‘chashehir universitetida PR yo‘nalishida bakalavr darajasini olgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil yanvaridan buyon Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori sifatida ishlab kelgan Xushnudbek Xudoyberdiyev 1 iyul kuni O‘zA bosh direktori o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
18:15 / 25.06.2026
«Kun.uz» muxbiri Matbuot xodimlari kuni munosabati bilan prezident tomonidan taqdirlandi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
18:15 / 30.03.2026