Jamiyat | 17:34 / 13.07.2020
7490
4 daqiqa o‘qiladi

Paysend: mablag‘ingizni 80ta davlatdan O‘zbekistonga osonlik bilan o‘tkazing

Paysend kompaniyasi O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi. Endilikda Uzcard, UnionPay va Humo kartalariga mablag‘ o‘tkazish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Hozirgi texnologiyalar rivojlangan zamonda siz qayerda bo‘lishingizdan qat'iy nazar yaqinlaringiz bilan videoqo‘ng‘iroq yoki messendjyer orqali oson bog‘lanishingiz mumkin. Ammo yaqin vaqtgacha o‘zga davlatlarga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish dolzarb muammolardan biri hisoblanar edi. Boshqa davlatdan pul o‘tkazish uchun avvalambor bankka yo‘l olish zarur. Shuning o‘zi ancha vaqt talab qilishi va turli xil noqulayliklar yetkazishi mumkin. Ammo bu hali hammasi emas, chunki bankda navbatingiz yetib kelguncha ham ancha vaqt o‘tadi, pul o‘tkazmalari esa bir necha soatdan bir necha kungacha vaqt talab qiladi. Oddiygina mablag‘ o‘tkazish jarayoni sizga shuncha noqulaylik yetkazishi mutlaq noto‘g‘ridir. Paysend pul o‘tkazishni maksimal darajada osonlashtiradi. Endilikda mablag‘ o‘tkazish uchun sizga internet ulangan smartfonning o‘zi yetarli.

Paysend bu nima?

Paysend – xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan innovatsion onlayn-platforma. Bugungi kunda Paysend 80dan ortiq davlatlarda samarali foydalanilmoqda. Kompaniyaning rasmiy hamkorlari orasida Visa, Mastercard, MIR hamda Sberbank kabi yirik bank va to‘lov tizimlari mavjud. O‘z faoliyati davomida Paysend o‘zini pul o‘tkazish bo‘yicha yuqori darajada ishonchli va tezkor platforma sifatida ko‘rsatgan.

Aytish lozimki, komission to‘lovlar Paysend platformasida eng arzonlardan biridir. Mablag‘ miqdoridan qat'iy nazar, to‘lov atigi: Rossiyadan 49 RUB, Qozog‘istondan 199 KZT, Yevropadan 1.5€, AQShdan $2 va Buyuk Britaniyadan £1 tashkil qiladi. Yuqori protsentlar jonga tegdimi? Yirik miqdorda mablag‘ o‘tkazishda mumaygina pul to‘lash sizga xush kelmayaptimi? Demak, Paysend siz uchun!

Davlatlararo bankdan bankga pul o‘tkazmalarini eng qulay narxlar bo‘yicha va qisqa vaqtda amalga oshiring. Paysend yordamida yaqinlaringiz boshqa pul o‘tkazish servislariga qaraganda ko‘proq mablag‘ni qo‘lga kiritishadi. Pul o‘tkazish uchun esa hatto uydan chiqish ham shart emas. Bundan qulayroq nima bo‘lishi mumkin? Yana bir yoqimli bonuslardan biri, agar siz maxsus Invite-koddan foydalanib «FOIZSIZ» kodini kiritsangiz, birinchi pul o‘tkazish mutlaqo tekin. Alohida aytish lozimki, pul o‘tkazmalari qulay valuta kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. Ilova nafaqat vaqtingizni, balki mablag‘ingizni ham tejaydi. Xullas, Paysend ilovasidan foydalanganda, siz:

  • Visa, Mastercard, MIR va Sberbank kartalaridan UzCard, HUMO hamda UnionPay kartalariga tezkor pul o‘tkazish;
  • Maksimal darajada past komission narxlar;
  • Qulay valuta kursi;

kabi qulayliklarni qo‘lga kiritasiz.

Paysend O‘zbekistonda pul o‘tkazishning yangi darajasi. O‘z vaqtingiz va mablag‘ingizni tejang. Paysend bilan pul o‘tkazish xavfsiz, qulay va oson. 

Birinchi o‘tkazishni ushbu elektron manzil orqali amalga oshiring: www.paysend.com

Yoki ilovani smartfoningizga yuklab oling: Android uchun va Iphone uchun.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid