O‘zbekiston | 23:44 / 14.07.2020
85076
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kunlik tuzalish holatlari soni bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun O‘zbekistonda jami 297 bemor kasallikdan sog‘ayib, bu borada yangi rekord qayd etilgani haqida xabar berdi.

Bugun Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Andijon, Samarqand, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo va Farg‘onada jami 297 bemor tuzalib chiqqan.

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 29 nafar;
Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 38 nafar;
Nuroniylar sihatgohida 41 nafar;
Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida 18 nafar;
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasida 5 nafar;
3-son tug‘ruq kompleksida 4 nafar;
Andijon viloyatida 111 nafar;
Samarqand viloyatida 7 nafar;
Navoiy viloyatida 19 nafar;
Namangan viloyatida 15 nafar;
Qashqadaryo viloyatida 6 nafar;
Farg‘ona viloyatida 4 nafar.

«Shu tariqa, shifokorlarimizning fidoyiligi sabab bugun 297 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘ldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi.

Shunday qilib, ayni vaqtda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 8327 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi rekord ko‘rsatkich joriy yilning 8 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 249 nafar bemor tuzalgan edi.

 

Mavzuga oid