Davlat xizmatlari agentligi xodimi koronavirusdan vafot etgani ma'lum qilindi
Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasining mas'ul xodimi koronavirusdan vafot etgan. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
15 iyul kuni Navoiy viloyati boshqarmasining mas'ul xodimi Adhamjon Dehqonov 61 yoshda vafot etdi. Agentlik direktorining matbuot kotibi Sevara Zokirovaning Kun.uz muxbiriga xabar berishicha, bu agentlik tizimida koronavirus bilan bog‘liq ilk o‘lim holatidir.
«Davlat xizmatlari agentligi jamoasi marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etadi», – deyiladi agentlik axborot xizmati e'lon qilgan ta'ziyanomada.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan kun davomida e'lon qilib borilayotgan ma'lumotlarda mazkur o‘lim holati hozircha qayd etilmagan.
Kun.uz 15 iyul kuni o‘z manbasiga tayangan holda so‘nggi ikki kunda ikki nafar ichki ishlar organi xodimi koronavirus tufayli vafot etgani, bu pandemiya boshlangandan beri koronavirus sababli ro‘y bergan uchinchi o‘lim holati ekani haqida xabar bergan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlarida ichki ishlar xodimlarining koronavirusdan vafot etgani qayd etilmagan.
Ma'lumot uchun, 15 iyul soat 21:30 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida 69 kishi vafot etgan. SSV va uning huzuridagi shtab vakillari O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha ma'lumotlar yashirilmayotganini, bundan manfaat yo‘qligini muntazam ta'kidlab kelmoqda.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Texasda kuchli suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar
Jahon | 13:50
-
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10
-
Messi avval golga sababchi bo‘ldi, keyin esa ikkita chiroyli gol bilan kambek qildi
Sport | 11:31
-
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
Sport | 11:26
Mavzuga oid

16:35 / 16.01.2023
Davlat xizmatlari markazlarining barcha resurslari fuqarolarga yordam rejimiga o‘tkazildi

08:57 / 28.11.2022
Statistika ma’lumotlarini davlat xizmatlari markazlari orqali olish yo‘lga qo‘yiladi

14:50 / 16.09.2022
Uchta nafaqani tayinlashda yugur-yugurlarga barham beriladi. Boshqa nafaqa va pensiyalar-chi?

15:53 / 08.09.2022