Jahongir Ortiqxo‘jayev va Alisher Shodmonovga hayfsan e'lon qilindi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga va sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani uchun hayfsan e'lon qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev pandemiya bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirusga qarshi kurashish borasidagi ishlarni tanqid qildi hamda mas'ullarni ogohlantirdi.
Toshkent shahrida virus yuqtirganlar soni 4 ming 92tani, Toshkent viloyatida 1 ming 498tani tashkil etayotgani, bu butun mamlakat bo‘yicha kasallarning 40 foiziga tengligi, Toshkent shahrida koronavirusdan o‘lim soni ham keskin ko‘payib, 45taga yetgani qayd etilgan.
Prezident bunday achinarli holatlar aholining haqli shikoyat va e'tirozlariga sabab bo‘layotganini ta'kidladi.
«Koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani, epidemiologik vaziyatning salbiy o‘zgarishlariga tayyor bo‘lishni ta'minlamagani, bu kasallik bilan «pastga tushib» mukammal shug‘ullanmagani uchun Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga hayfsan e'lon qilindi. Shahar va viloyatning barcha sektor rahbarlari jiddiy ogohlantirildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushida Bayden, Zelenskiy va Putinni aybladi
Jahon | 00:35
-
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi
Jahon | 00:15
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
-
Leapmotor importiga ruxsat berildi, lekin shartlari bor
Iqtisodiyot | 22:54 / 14.04.2025
Mavzuga oid

19:08 / 16.12.2024
Samarqandda o‘quvchiga qo‘l ko‘targan direktor o‘rinbosariga hayfsan berildi

17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida

12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi

20:18 / 30.11.2024